Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Arosatda qolgan «fir’avn» millat g‘ururini tanlaydi. «Liverpul» Salohni majburlab ushlab qololmaydi

Arosatda qolgan «fir’avn» millat g‘ururini tanlaydi. «Liverpul» Salohni majburlab ushlab qololmaydi

Baho:
+ | -
Bo'lim:

«Liverpul» yaqin yillar oralig‘ida transferlar oynasida u qadar faol bo‘lgani yo‘q. Ayniqsa, o‘tgan mavsum kadrlar yetishmovchiligi borasida ham ba’zi muammolar ko‘zga tashlanganiga qaramay rahbariyat bu yo‘lda o‘z xotirjamligini namoyon etdi.

Virus va noqulay paytda orttirilgan jarohatlarga qaramay klub yuzaga kelgan kemtiklarni faqatgina akademiya yoshlari bilan to‘ldirishga harakat qilmoqda. Bu esa albatta muxlislarni ajablantirmay qo‘ymaydi. Joriy transferlar oynasida ham jamoa birgina himoyachi Ibrohim Konateni xarididan boshqa jiddiyroq transferni amalga oshirgani yo‘q. Ko‘rib turganingizdek, «qizillar» bozorda u qadar faol emas, biroq ular mavjud futbolchilar bilan shartnomani uzaytirishga katta e’tibor berishadi. Alisson, Virjil van Deyk, Fabinyo, Endryu Robertson va Trent Aleksandr-Arnold yaqin vaqt oralig‘ida o‘zlarining kelgusi faoliyatlarini «Liverpul»da davom ettirishga qaror qilishdi. Ayni damdagi muzokaralar esa jamoa sardori Jordan Xenderson bilan ham davom ettirilmoqda. Bosh murabbiy Yurgen Klopp futbolchi bilan shartnomaning muvaffaqiyatli uzaytirilishiga ishonadi.

Shuningdek, Klopp short-listida yana bir futbolchi borki, rahbariyat u bilan bog‘liq muzokaralarga alohida e’tibor qaratgan. Bu Muhammad Saloh. Shubhasiz, jamoa har qanday holatda o‘z liderining kelajagiga befarq bo‘la olmaydi. Misrlik futbolchi «qizillar» safida 2017 yilning iyulidan beri o‘ynab kelmoqda. Mersisaydliklar futbolchi uchun o‘z vaqtida «Roma»ga 42 million yevro to‘lashgandi. Bir yil o‘tgach u ingliz klubi bilan 5 yillik yangi shartnoma imzoladi. Ko‘rib turibsizki, ushbu muddat hash pash deguncha o‘z nihoyasiga yetishga yaqin. Endi futbolchi bilan yana muzokaralar olib borish vaqti keldi. Salohning «Liverpul» bilan shartnomasi tugashiga 2 yil qolgan. Klub rahbariyati barchaga o‘ta tejamkor xususiyati bilan tanish. Biroq Saloh masalasiga kelganda umumiy moliyani birinchi planga qo‘yish kerak emas. Vaholangki, futbolchi jamoa uchun borini ayamaydi.

Saloh - «Liverpul»ning ayni damdagi eng qimmat futbolchisi. Transfermarkt portali o‘yinchini 100 million yevroga baholamoqda. Misrlik allaqachon 29 yoshda, lekin u hamon o‘zining ajoyib formasida. Joriy mavsumning ortda qolgan ikki turi hisobiga ko‘ra u ikkita gol urishga va 2 ta golli uzatmani amalga oshirishga ulgurdi. Umuman olganda, Muhammadning «qizillar» safidagi statistikasi ancha havas qilarli darajada. U klubi uchun jami 205 uchrashuvda maydonga tushib, 126 gol va 49 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Saloh 4 yil davomida ketma-ket ravishda mersisaydliklar to‘purari bo‘ldi va klub tarixidagi eng yaxshi 10 ta «bombardir» ichidan joy oldi. Bu reytingda u 7-o‘rinni egallaydi. Hatto, mutaxassislar tomonidan «Liverpul»ning eng og‘ir davrlari deya taxmin qilingan o‘tgan mavsumda ham hujumchi Premyer-ligada 22 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu borada u birgina Harri Keyndan ortda qoldi.

Buning ustiga Klopp qo‘l ostidagi hujumkor jamoa uchun Saloh saviyasidagi hujumchi suv va havodek zarur. Buni uning mersisaydliklar futbolchisi sifatida o‘rnatgan o‘nlab rekordlari ham tasdiqlaydi. «Enfild»dagi birinchi mavsumidayoq hujumchi Premyer-ligada 32 ta gol urishga erishdi. Bu esa ushbu turnir doirasida 1 mavsum uchun rekord  hisoblanadi. O‘shandan beri hali hech kim bir mavsum davomida 25 ta ham gol urishning uddasidan chiqqani yo‘q. Buning ustiga oxirgi yevrokubok mavsumida Muhammad «Liverpul»ning Chempionlar Ligasidagi eng yaxshi to‘purariga aylanib, «qizillar» afsonasi Stiven Jerrardni quvib o‘tishga erishdi. Saloh klubi uchun bu mavsum ham  allaqachon bir rekordni o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan. U ketma ketma-ket 5 mavsumdan buyon Premyer-liganing ochilish o‘yinlarida gol urib kelayotgan tarixdagi yagona futbolchiga aylandi.

O‘z navbatida «mersisaydliklar» safida Firmino, Mane va Jotalarda ham gol urish imkoniyati yuqori. Umuman olganda bugungi «Liverpul»ning hujum triosi (keyinchalik kvartetga aylangan) har qanday raqibga jiddiy muammo tug‘dira olishi mumkin. Biroq shuni unutmaslik kerakki, Saloh - jamoaning asosiy zarba quroli. Usiz «Liverpul» ham gollar sonida, ham samarali harakatlar foizida oqsashi yaqqol ko‘rinib qoladi. Qolaversa, Mane va Firminoning ham o‘z shartnomalari bo‘yicha 2 yil muddatlari qolgan xolos. «Qizillar» afsonaviy hujum uchligini saqlab qolish yo‘lida harakat qilishadi.

Biroq buning uddasidan chiqish ancha mushkul. Shubhasiz, mersisaydliklar buni juda yaxshi anglab turishibdi. Bu yerda hamma gap Salohning o‘zida. Uning rahbariyat bilan o‘zaro munosabatlari yaxshi emas. U bilan shartnomani uzaytirish borasida hali muzokaralar olib borilmagan. Bunga misrlikning terma jamoa shtabi va klub o‘rtasidagi nizolari sabab bo‘lmoqda. Gap shundaki, Klopp jamoa yetakchisini o‘z terma jamoasi uchun xalqaro maydondagi bahslarga qo‘yib yubormoqchi emas. U shogirdini jarohat olish xavfi bilan bog‘liq tavakkalga qo‘l urolmaydi.

Iyun oyida «Liverpul» Salohni yozgi Olimpiya o‘yinlariga qo‘yib yubormadi. Bu ham yetmaganidek, «qizillar» futbolchini 2022 yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati saralash o‘yinlariga ham bermasligini ma’lum qildi. Rahbariyat bu qarorini futbolchi uchrashuvlardan keyin bir oylik karantinga tushib qolishi bilan izohladi. Bu esa APLning eng qizg‘in pallasiga to‘g‘ri keladi. Albatta bu yerda klubning pozisiyasini tushunish mumkin, lekin Muhammadning o‘zi bunday vaziyatdan ko‘ngli to‘q bo‘lishi dargumon. Albatta barcha futbolchi qanday sharoitda bo‘lishidan qat’i nazar, terma jamoada o‘ynashni xohlaydi, buni kerak bo‘lsa barcha narsadan ustun qo‘yadi. Shu kabi omillar futbolchi va klub o‘rtasidagi konfliktlarni keltirib chiqarmoqda. Natijada Saloh «Liverpul» bilan yangi shartnoma imzolash jarayonlarini sezilarli asoslarda ortga qoldirdi.

Avvaliga futbolchi «Enfild»da qolish istagini bildirdi va klubini unga yangi shartnoma tayyorlashda shoshilmayotganlikda aybladi. Rahbariyatga bu borada ochiqdan-ochiq shikoyat qildi. Keyinchalik, misrlik to‘satdan bir intervyusida o‘zini boshqa chempionatda sinab ko‘rmoqchi ekanligini ta’kidladi. Bu kabi holatlar albatta boshqa grandlarning unga bo‘lgan harakatini tezlashtirdi. Bu yo‘lda anchadan beri «PSJ» faol bo‘lib keladi. Parijliklar Salohni Kilian Mbappening o‘rinbosari sifatida ko‘rishni boshlagan. Fransiya vise-chempionlari hali ham Muhammadni short-listlaridan chiqarishmagan. Mish-mishlarga ko‘ra, «PSJ» Saloh kelasi yozda «qizillar» bilan shartnomasini uzaytirmasa, uni sotib olishga urinib ko‘radi. Ushbu transferni Mbappening «Real»ga yo‘l olishini yanada tezlashtirib yuborishi mumkin.

Bu kabi xavfli va shubhali mish-mishlar «Liverpul» rahbariyatini yetarlicha ogohlantirdi. Saloh bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar boshlangan. «Enfild»da tomonlar kelajakdagi bitimning barcha jihatlarini (asosan moliyaviy) uzoq vaqt davomida  o‘rganib chiqishdi va baribir futbolchiga har tomonlama manfaatli bo‘lgan yangi shartnoma taklif etishga qaror qilishdi. Endi misrlikning haftasiga 200 ming funt olishi belgilandi. Shartnomaning uzaytirilishi haqidagi bandda 350 va hatto 450 ming funt sterling atrofidagi summa keltirilgan. Rahbariyat Salohni klub tarixidagi eng ko‘p maosh oladigan futbolchiga aylantirishga rozi. Biroq, bu bilan, «qizillar» kelgusi mavsumlarda futbolchidan gollar urushdan to‘xtab qolmaslikni talab qiladi. Katta maoshiga qaramay Saloh buni maydonda hali yetarlicha oqlab berishiga barchaning birdek ishonchi komil.

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi

Kiritildi: 00:09, 29.08.2021.
O'qildi: 9124 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.