Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/07 20:00 Qizilqum 1-2 Dinamo
18/07 20:00 Andijon 1-2 Surxon
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

Sulsher Ronalduning qaytishi haqida gapirdi

Sulsher Ronalduning qaytishi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Krishtianu Ronalduning transferi haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Krishtianuni ta’riflashga so‘zlar yetarli emas, u nafaqat ajoyib futbolchi, balki ajoyib inson.

Qachonki, odamda yuqori darajada o‘ynash istagi va qobiliyati bo‘lsa, uni to‘xtatib qolish mushkul.

Hech shubha qilmaymanki, u bundan keyin ham barchamizni hayratda qoldiradi va uning tajribasi tarkibdagi yosh futbolchilar uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ronalduning qaytishi klubning o‘ziga xos yondashuvidan dalolat beradi. Uning barcha muvaffaqiyatlari boshlangan uyiga qaytganidan juda xursandman”, deydi Sulsher.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik 2+1 ko‘rinishi bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Kiritildi: 16:30, 31.08.2021.
O'qildi: 3788 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик