Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Messi – daromad manbai?

Messi – daromad manbai?

Baho:
+ | -

Lionel Messining «PSJ»ga o‘tganiga hali hech qancha vaqt bo‘lmadi, lekin dunyo o‘zgarishlarga hamon moslasholmayapti: «Barselona» asosiy yulduzining ketishidan qancha yo‘qotishlarga uchrashini bayon etmoqda, «PSJ» esa xursand, rekord daromadlarni hisoblash bilan band.
Hozircha aniq raqamlarni faqat ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha ko‘rsatish mumkin, ammo yilning (hatto o‘n yillikning) eng yirik transferiga shu tomonlama nazar solsak, bu yerda ham qiziq ma’lumotlarga ko‘zimiz tushadi.Lionel Messining «PSJ»ga o‘tganiga hali hech qancha vaqt bo‘lmadi, lekin dunyo o‘zgarishlarga hamon moslasholmayapti: «Barselona» asosiy yulduzining ketishidan qancha yo‘qotishlarga uchrashini bayon etmoqda, «PSJ» esa xursand, rekord daromadlarni hisoblash bilan band. Hozircha aniq raqamlarni faqat ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha ko‘rsatish mumkin, ammo yilning (hatto o‘n yillikning) eng yirik transferiga shu tomonlama nazar solsak, bu yerda ham qiziq ma’lumotlarga ko‘zimiz tushadi.

«Instagram»

Klub Messi bilan shartnoma imzolagani haqida xabar berishidan avval, uning «Instagram»dagi sahifasida 38,7 mln. obunachisi bor edi, hozriga kelib bu ko‘rsatkich 45 mln.ga yetdi. Uch kun ichida 6,3 mln. o‘sish - futbol klubi akkaunti uchun juda katta sakrashdir.

Endi esa «PSJ» qo‘ygan postlarga bildirilgan munosabatlar («layk»lar) soniga e’tibor qarating:

8 avgust - 2 mln.dan biroz ko‘proq;

9 avgust - 6,2 mln.;

10 avgust (Messining kelganini e’lon qilib, naq 11ta post qo‘yilgandi) - 39,3 mln.;

11 avgust - (Leo haqida yana 10ta post) - 51,8 mln.;

12 avgust (birgina post) - 1 mln. layk, lekin bu IGTV formatidagi video bo‘lib, bunday postlar odatda munosabatdan ko‘ra ko‘proq tomoshalar to‘playdi.

Eng ko‘p «layk» yiqqan post 8 668 305ta «layk» to‘pladi.

Anons haqidagi video bundan biroz kamroq yig‘di - 7 475 222ta.

Messining obunachilari soni ham oshdi, endi u «Instagram» reytingida 7-o‘rinda (Kim Kardashyanni ortda qoldirdi). Top-8 quyidagicha ko‘rinish olgan:

«Instagram» (rasmiy akkaunt) - 413 mln.

Krishtianu Ronaldu - 326 mln.

Dueyn Jonson - 261 mln.

Ariana Grande - 258 mln.

Kayli Jenner - 257 mln.

Selena Gomes - 251 mln.

Leo Messi - 247 mln.

Kim Kardashyan - 243 mln.

* ma’lumotlar Livedune tahliliy saytidan olingan.

Futbolkalar

Dastlab «Barselona» haqida: klub futbolkalari sotuvining 80 foizini ortida Messining nomi yozilganlari tashkil etardi. Marca nashrining yozishicha, «Barsa» birgina Leoning evaziga bir mavsumda 20dan 30 mln.gacha daromad qilgan, endi esa do‘konlarga tar­qatib ulgurilgan liboslar to‘plamini Nike ofisiga qaytarishiga to‘g‘ri keladi. Ularni nima qilishni ekipirovkachining o‘zi hal qiladi, ammo mahsulotni qaytarish tajribasi yangilik emas - 2017 yili Neymar «PSJ»ga yo‘l olganda ham shunday holat ro‘y bergandi.

«Barselona» Memfis Depay daromadlarning 30 foizdan ko‘proqqa tushib ketishidan asrashiga umid qilmoqda, lekin qisqa muddatda ushbu maqsadni amalga oshirish oson bo‘lmaydi: tasavvur qilaylik, sotilgan futbolkalarning 10dan 8tasi Messi hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, Depayning holati bu ko‘rsatkich nari borsa 5tani tashkil etadi. Diagonal Inversiones bosh direktori va «Barselona» ekspertlaridan biri Marko Sirio vaziyatni shunday baholadi. Shunda ham klubdan futbolchi siymosini oqilona sotish talab etiladi.

«PSJ» esa hech nima o‘ylab topishi shart emas: 11 avgust, futbolkalar sotuvining dastlabki kuni do‘kon oldida 30-raqam tushirilgan formani birinchilardan bo‘lib qo‘lga kiritish ilinjidagilardan iborat kattagina navbat yuzaga keldi. 20 daqiqadan keyin esa futbolkalar sotib tugatildi.

«PSJ» prezidenti Nosir al Xelaifi jurnalistlarga bergin intervyusida Messining klubga keltiradigan daromadlari odamlarni lol qoldirishini oshkora ta’kidladi - yakuniy hisob-kitobni amalga oshirishga hali erta, lekin hozirning o‘zida hammasi tushunarli: mablag‘ poyezdi tezlik olmoqda. Parijliklar rahbariyati anchadan buyon yiliga 1 mln.ta futbolka sotishni maqsad qilgan, ayni paytga kelib niyatlariga yetishga yaqin turishibdi: birinchidan, Messi; ikkinchidan, joriy yil klub kiyim-kechaklar sotishga ixtisoslashgan yirik xalqaro kompaniya - Fanatics bilan kelishuvga erishdi. Hozir «PSJ» 110dan 120tagacha rasmiy fan-shoplarga ega bo‘lib (asosan Yevropada), ular yiliga taxminan 12 mln. yevro olib keladi. Lekin Fanatics butun dunyoda 1000dan ortiq hamkorlarga ega, ularning 45 mln. nafar faol mijozi bor, bu esa «PSJ»ga daromadlari miqdorini 30 mln. yevrogacha oshirish imkonini beradi.

* To‘g‘ri, futbolkalar sotuvi bo‘yicha yodda tutish kerakki, o‘yinchilar transfer narxi va maoshi miqdorini ularning familiyalari yozilgan futbolkalarni pullash orqali qoplash imkoniyati past. «PSJ» forma fan-shopda sotilgan bo‘lsa, 20 foizga ega bo‘ladi, agar xaridlar Nike do‘konida amalga oshsa foiz miqdori 8-12ni tashkil etadi.

Homiylar

Brand Finance hisob-kitoblariga ko‘ra, «Barselona» mazkur holatda jabrlangan tomon sifatida o‘z brendiga qo‘yilgan narxning 11 foizini (137 mln. yevro) yo‘qotishga ulgurdi: kutilishicha, Messining ketishi kelajakda homiylar, liboslar sotuvi va boshqa daromadlar masalasida klubga to‘g‘ridan-to‘g‘ri negativ ta’sir o‘tkazadi, zero Leo «Barsa»ning sinonimi va uning ramzi hisoblanardi. «Ularning o‘yinlarda qayd etadigan natijalari homiylarni saqlab qolishning asosiy omili bo‘ladi, - deb hisoblaydi Sirio. - Kataloniya klubining taqdiri achchiqligiga sabab shuki, ularning moliyaviy ahvoli Messini saqlab qolish imkonini bermaydi, lekin ushbu futbolchini yo‘qotish ahvolni yanada yomonlashtiradi». Yaqin orada klub to‘qnash kelishi mumkin bo‘lgan dastlabki muammo - titul homiy Rakuten bilan yangi shartnoma tuzish. Messining kelajagi noma’lumligi sabab kompaniya shundoq ham to‘lovlarni 55 mln.dan 30 mln.gacha pasaytirdi, ammo «Barsa» keyingi yilning yozida avvalgi summaga qaytishni rejalashtirgandi. Muzokaralar davom etmoqda, biroq vujudga kelgan vaziyat klub pozisiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi amrimahol.

«PSJ» esa, ko‘rinib turibdiki, yangi homiylar kelishini kutmoqda. Fanatlar soni va klub brendining narxi oshishini inobatga olganlar allaqachon navbatga turishgan.

Kriptovalyuta

Bozordagi kapitali 52 mln.ga yaqin bo‘lgan $PSG tokenining narxi Messining kelishi haqida gap-so‘zlar yangrashi hamono, besh kun ichida 130 foizdan ko‘proqqa ($22dan $61,53gacha) oshdi. Darvoqe, bu tokenlar Leoning «kutib olish paketi»ga ham kiritilgan - OAVda aytilishicha, futbolchi maoshining ma’lum qismini klub kriptovalyutasida oladi.

* Fanatlar tokenlari ularning egalariga klub hayotiga ta’sir o‘tkazuvchi ayrim qarorlarga ta’sir o‘tkazish, shuningdek, eksklyuziv kontentga kirish imkonini beradi.

O‘.UMAROV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:45, 02.09.2021.
O'qildi: 8195 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.