Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Yozda Holand transferi nima sababdan amalga oshmagani ma’lum

Yozda Holand transferi nima sababdan amalga oshmagani ma’lum

Baho:
+ | -

Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Holand - "Manchester Yunayted", "Chelsi", "Manchester Siti", "Real", "Bavariya" va "Barselona" kabi ko‘plab Yevropa klublarining asosiy maqsadlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Yozgi transferlar oynasida bir nechta klublar norvegiyalik hujumchiga qiziqish bildirishdi, biroq ularga kelishuvning moliyaviy shartlari unchalik xush kelmadi.

Bild nashri jurnalisti Kristian Folk Holandning agenti Mino Rayola qanday shartlarni talab qilganini bilib oldi.
Italiyalik agent faqatgina hujumchining haftalik maoshini 825 ming funtga ko‘tarish emas, balki 34 million funtlik komissiya pulini olishni ham maqsad qilgan. Bularning barchasiga qo‘shimcha ravishda, "Borussiya D" o‘z yetakchisi uchun 120 million funtga yaqin pul olmoqchi edi, bu potensial nomzodlar uchun juda yuqori narx hisoblanadi.

Manbaning ta’kidlashicha, kelasi yozda futbolchining narxi 64 million funtga tushadi. Bu esa norvegiyalikning haridorlari yanada ko‘payishiga olib keladi.
Ma’lum bo‘lishicha, "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" futbolchining asosiy da’vogarlari sanaladi.

Kiritildi: 20:07, 03.09.2021.
O'qildi: 6896 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик