Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Eldor Shomurodov Katanes qo‘l ostidagi dastlabki mashg‘ulot, «Roma»ga o‘tishi va Abraham bilan raqobat haqida

Eldor Shomurodov Katanes qo‘l ostidagi dastlabki mashg‘ulot, «Roma»ga o‘tishi va Abraham bilan raqobat haqida

Baho:
+ | -

«Roma» jamoasi futbolchisi Eldor Shomurodov O‘FA matbuot xizmatiga intervyu berdi.

Terma jamoadagi dastlabki mashg‘ulot haqida

Dastlabki mashg‘ulot barcha yo‘ldan kelgani uchun yengil o‘tdi. Yugurish mashqlari va kvadrat o‘ynadik. Tiklanib olishimiz lozim. Bugundan Shvesiya bilan o‘yinga tayyorgarlikni boshlaymiz.

Katanes bilan tanishuv haqida

Murabbiy bilan italyancha gaplashdik. Ancha chiqishib ketdik. Barchasi yaxshi.

«Roma»ga o‘tishi haqida

«Roma»ga o‘tishim haqida gap-so‘zlar chiqqach, agentlarim bilan bu haqida suhbatlashdim. Ular rostdan ham Rim jamoasidan qiziqish borligini aytdi. «Roma»ga o‘tishim bir hafta ichida hal bo‘ldi. Joze Mourinyo agentim bilan gaplashgan, keyinchalik o‘zimga ham qo‘ng‘iroq qildi. Bunchalik tez hal bo‘lganiga o‘zim ham ishonmadim.

Joze Mourinyoning shaxsan o‘zi qiziqish bildirgani haqida

Joze bilan suhbatimizda qiziqish bildirayotganini aytdi, undan oldin ham agentim bilan doimiy gaplashib turgan.

Mourinyo bilan ishlashdagi qiyinchiliklar haqida

Joze bilan ishlashda hech qanaqa bosim yo‘q. Bir jamoada bitta maqsad sari ishlashda davom etyapmiz. Birinchi ko‘rishganimizda boshqacha his-tuyg‘u paydo bo‘lgandi, hozir esa u bilan ustoz-shogirdmiz. Hammasi joyida.

Portugaliyalik murabbiyda nimalar sezgani haqida

Birinchi navbatda juda kuchli psixolog. Har tomonlama o‘ziga xos xususiyatlari bor. U bilan birga ishlash qiziq. Mashg‘ulotlarni juda qiziq olib boradi.

«Jenoa» va «Roma» o‘rtasidagi farq haqida

Farq juda katta. «Jenoa» asosan A Seriyada qolish uchun harakat qilsa, «Roma» yuqori o‘rinlar uchun kurash olib boradi. Tashkiliy tarafdan olib qarasa, «Roma», albatta, top-klub hisoblanadi. Shuning uchun Rim jamoasida hamma narsa boshqacha yo‘lga qo‘yilgan.

Abrahamning jamoaga olib kelingani haqida

Albatta, har bir futbolchi o‘ynashni xohlaydi. Lekin boshqa tomondan — bu katta jamoa, murabbiy zaxiradan tushirsa ham, asosiy tarkibda tushirsa ham o‘zimni yaxshi tomondan ko‘rsatishga harakat qilaman. Oldinda o‘yinlar juda ko‘p, hammada imkoniyat bo‘ladi. Boshida ruhiy jihatdan ta’sir qildi-yu, lekin hozir hammasi joyida. Ishlashda davom etyapman. Balki Abraham bilan birga maydonga tusharman.

«Roma»ning asosiy maqsadi haqida

Eng kamida Chempionlar Ligasiga chiqish asosiy maqsad. Keyin Konferensiyalar Ligasida g‘alaba qozonish.

Mashg‘ulotlarda Abraham bilan birga o‘ynab ko‘rgani haqida

Hozircha ikkalamizni birga maydonda sinab ko‘rgani yo‘q. Lekin Mourinyo mening qanotda o‘ynaganimni biladi. Menimcha, keyinchalik buni sinab ko‘radi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:40, 04.09.2021.
O'qildi: 8354 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.