Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

APLning ilk 3 turida gol o‘tkazmagan "Tottenxem" ning yozda amalga oshirgan barcha transferlari

APLning ilk 3 turida gol o‘tkazmagan "Tottenxem" ning yozda amalga oshirgan barcha transferlari

Baho:
+ | -

 

Hozircha APLda 3 tur ortda qoldi va "shporlar" hali gol ham o‘tkazmadi va ochko ham yo‘qotmadi. Uylashimcha, bu jamoa APLda Chempionlar ligasi yo‘llanmasini beruvchi o‘rinlar uchun kurasha oladi. Buning uchun albatta, kuchli zaxira ham lozim. Axir, omadli start butun mavsum shunday bo‘ladi degani emas. Keling, London klubining tarkibni kuchaytirish uchun xarid qilgan futbolchilariga nazar solamiz.

Pyerludji Gollini

Ampula: darvozabon

Yosh: 26

Mamlakat: Italiya

Sobiq klubi: "Atalanta"

O‘tgan mavsumdagi o‘yinlar soni: 32

Quruq o‘yinlar: 12

O‘tkazib yuborilgan gollar: 32

Transfer bozoridagi narxi: 17mln yevro

Transfer summasi: arenda (15mln yevroga sotib olish sharti bilan)

«Atalanta»ning sobiq darvozabonidan boshlaylik. U hozirda «Tottenxem»da ijarada, lekin menimcha, «shporlar» sotib olish variantidan foydalanadi. Sababi u bu yil 35 yoshga to‘lgan Ugo Lyorisning o‘rnini bosishi mumkin. Bu mavsumda biz uning Konferensiyalar ligasi va mamlakat kubogi uchrashuvlarida o‘yinini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Mavsum oldidan «Chelsi»ga qarshi o‘yinda u o‘zini ko‘rsata oldi. Ushbu transferni yaxshi deya olishimiz mumkin. Omadsiz bo‘lgan taqdirda ham London klubi uni hali sotib olganicha yo‘q.

Brayan Xil

Ampula: hujumchi

Yosh: 20

Mamlakat: Ispaniya

Sobiq klubi: "Sevilya" (O‘tgan mavsum "Eybar"da ijarada to‘p tepgan)

O‘tgan mavsumdagi o‘yinlar soni: 30

O‘tgan mavsumdagi gollar soni: 4

O‘tgan mavsumdagi assistlar soni: 4

Transfer bozoridagi narxi: 30mln yevro

Transfer summasi: 25mln yevro + Erik Lamela

Bu yigit juda iste’dodli. Ha, u yaxshi driblingga ega, lekin Premyer -ligada dribling eng yaxshi o‘yinchi deb hisoblanish uchun yetarli emas. Va jismonan u ancha zaif ko‘rinadi. To‘g‘ri, bu eng muhim mezon emas, lekin kimdir Van Deyk bilan kurashda unga imkoniyat yo‘qligi aniq. Balki u APL muhitiga moslashib ketar, ammo bu masala so‘roq ostida. 

Kristian Romero

Ampula: himoyachi

Yosh: 23

Mamlakat: Argentina

Sobiq klubi: "Atalanta"

O‘tgan mavsumdagi o‘yinlar soni: 42

O‘tgan mavsumdagi gollar soni: 3

Assistov v proshlom sezone: 4

Transfer bozoridagi narxi: 35mln yevro

Transfer summasi: ijara (50mln yevroga sotib olish sharti bilan)

A Ceriyaning o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi himoyachisi. «Shporlar» markaziy himoyachiga juda muhtoj edi, chunki Dayer va Sanches har doim ham bir xil darajada emas. Paratichi bu pozisiyaga yaxshi nomzod topa oldi. Shuningdek, klub uchun ham qulay shartnoma tuzishga muvaffaq bo‘ldi. «Tottenxem» sport direktori uchun ajoyib ish.

Pap Sarr

Ampula: himoyachi

Yosh: 18

Mamlakat: Senegal

Sobiq klubi: "Mets"

O‘tgan mavsumdagi o‘yinlar soni: 25

O‘tgan mavsumdagi gollar soni: 4

O‘tgan mavsumdagi assistlar soni: 0

Transfer bozoridagi narxi: 10mln yevro

Transfer summasi: 15mln yevro

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, u juda yaxshi o‘yinchi. Bu mavsumda senegallik «Mets»da o‘ynaydi, keyin u «Tottenxem» yo‘l oladi. Katta ehtimol bilan, shundan keyin u yana ijaraga boshqa joyga ketadi, chunki 19 yoshida Premyer-liga klubining asosiy yarimhimoyachisiga aylanish qiyin ish. Menimcha, Fransiya chempionatidagi statistikani jiddiy natija sifatida hisobga olish kerak emas, chunki Ndombele Liga 1da  juda ajoyib o‘yin ko‘rsatdi, lekin «shporlar» safiga o‘tgandan keyin deyarli hech narsa ko‘rsata olmadi. Umuman olganda, o‘yinchi «kelajak uchun» olingan va hozircha bu transfer haqida xulosa chiqarish to‘g‘ri emas, chunki biz uni yaqin orada Premyer -ligada ko‘ra olmaymiz.

Emerson Royal

Ampula: himoyachi

Yosh: 22

Mamlakat: Braziliya

Sobiq klubi: "Barselona"

O‘tgan mavsumdagi o‘yinlar soni: 39

O‘tgan mavsumdagi gollar soni: 2

O‘tgan mavsumdagi assistlar soni: 4

Transfer bozoridagi narxi: 25mln yevro

Transfer summasi: 30mln yevro

«Shporlar» rahbariyati o‘ng qanot himoyachilaridan umuman hafsalasi pir bo‘ldi. Klub Orye bilan shartnomani bekor qildi va Emersonni uning o‘rniga qo‘shib oldi. Bu yerda aytadigan gap yo‘q: Emerson - kuchli himoyachi.  u o‘ng qanot himoyachisi pozisiyasini yopishi kerak.  Bu Tanganga uchun markazda o‘ynash imkonini beradi.

Manba: Sports.ru
Kiritildi: 15:05, 05.09.2021.
O'qildi: 4120 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.