Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul 2-1 Atletiko
09/09 23:59 Napoli 0-1 Arsenal
09/09 23:59 Sporting 3-1 Galatasaroy
09/09 23:59 PSJ 6-1 Slovan
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche - Roma
10/09 21:45 PSV - Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

O‘zbekiston U-23 bilan saralashga Kapadze boradi. Shu sabab Pro ligada kichik o‘zgarish

O‘zbekiston U-23 bilan saralashga Kapadze boradi. Shu sabab Pro ligada kichik o‘zgarish

Baho:
+ | -

U-23 Osiyo chempionatiga kelasi yil O‘zbekiston mezbonlik qiladi. Shunga qaramay, vakillarimiz baribir Kuvaytdagi saralash turnirida ishtirok etadi. Natija qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, jamoamiz musobaqaning final bosqichida o‘ynaydi.

O‘zPFL musobaqalar taqvimini ishlab chiqqan bir vaqtda Osiyo chempionati U-23 saralashiga hali qur’a tashlanmagan, shuningdek, O‘FA musobaqada qaysi jamoa ishtirok etishi masalasiga to‘la oydinlik kiritmagandi. Endilikda ma’lumki, “Olimpik” ustozi Temur Kapadze murabbiy sifatida U-23 Osiyo chempionati saralashida o‘ynash uchun Kuvaytga boradi.

Ayni shu vaqtda Pro liga o‘zining eng qiziqarli pallasiga kirgan bo‘ladi. Ya’ni, Superliga uchun kurash olib borayotgan jamoalarda bu hal qiluvchi palla. Yo‘llanma uchun “Olimpik” jamoasida ham imkoniyat bor ekanidan kelib chiqilsa, demak bir xillikni saqlash uchun Kapadze va jamoa Kuvaytga yo‘l olgan bir vaqtda, qolgan jamoalar ham tanaffusga chiqishiga to‘g‘ri keladi.

Shundan kelib chiqib, O‘zPFL avvalgi reja bo‘yicha 12 sentyabr kuni Pro liga I bosqichining so‘nggi turini o‘tkazadi va aytilganidek, 13 sentyabr kuni II bosqichga qur’a tashlab beriladi. Kapadze boshqaruvidagi terma jamoa 27-31 oktyabr kunlari Kuvaytga rasmiy o‘yinlar o‘tkazadi. Unga qadar va shundan keyin bo‘lgan turlar O‘zPFL taqvim rejasida ko‘rsatib o‘tilgan.

Bunda yana ikki jihatga ahamiyat berish kerak. Ma’lumki, “Olimpik” O‘zbekiston Coca-cola kubogining ¼ final bosqichida “Paxtakor” bilan o‘ynashi kerak. Mazkur o‘yinlar avvaldan 28-29 oktyabr sanalariga tayin qilingandi. Ammo vaziyat bunda ham sanalarni o‘zgartirishni taqazo qiladi. Shundan kelib chiqib, Coca-cola Superliga 23-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” — “Paxtakor” o‘yini 24 oktyabrga, kubok doirasidagi “Olimpik” — “Paxtakor” o‘yini esa 20 oktyabrga ko‘chirildi.

Ikkinchi tarafdan, Kapadze jamoasida katta ehtimol bilan “Sho‘rtan”, “Xorazm”, “Aral samali”, “Yangiyer” klublaridan futbolchilar bo‘lmaydi. Buni inobatga olib, Pro ligadagi quyi to‘rt o‘rin jamoalari ishtirokidagi uchrashuvlar noyabr oyigacha yakunlanadi. O‘zPFL taqvim rejasi bilan shu havola yordamida tanishish mumkin.

 

 
Manba: pfl.uz
Kiritildi: 10:37, 07.09.2021.
O'qildi: 2392 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик