Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Kuman Messisiz qolgan «Barselona»ni yangi mavsumga tayyorladi

Kuman Messisiz qolgan «Barselona»ni yangi mavsumga tayyorladi

Baho:
+ | -

«Barselona» o‘tgan yozgi transferlar oynasida katta yo‘qotishga uchradi.

Jamoaning yuragi, sardori, yetakchisi Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirish ishlari kutilganidek bo‘lmadi va La Liga qoidalariga zid kelgani uchun argentinalik afsungar deyarli 20 yillik faoliyatidan keyin Kataloniya klubini tark etishga majbur bo‘ldi.

Messining o‘rnini bosishning iloji bo‘lmasa ham klub rahbariyati hujum chizig‘i uchun Memfis Depay, Serxio Aguero, Lyuk de Yong va Yusuf Demir kabi futbolchilar bilan to‘ldirishga harakat qildi. Bundan tashqari, markaziy himoyaga "Manchester Siti"dan Erik Garsiya olib kelindi. Yana bir xushxabar, Ansu Fati 9 oylik tanaffusdan keyin yana safga qaytdi va unga 10-raqam ishonib topshirildi.

Demak, «Barselona» klubining Chempionlar Ligasi yangi mavsumi uchun qaydnomasi bilan tanishamiz.

Darvozabonlar: Inaki Pena, Netu, Mark-Andre ter Shtegen

Darvoza chizig‘ida shubhasiz ter Shtegen bo‘lishi kutilmoqda. Unga jarohat yetmasa yoki biror boshqa bir sabab bo‘lmasa mavsumni germaniyalik posbon asosiy tarkibda o‘tkazadi. Netu zaxira darvozaboni sifatida qayd etilishi mumkin.

 

Himoyachilar: Xordi Alba, Ronald Arauxo, Serjinyo Dest, Erik Garsiya, Klemen Langle, Oskar Mingeza, Xerar Pike, Samuel Umtiti

Himoya chizig‘ida Xordi Alba va Serjinyo Dest qanotlar uchun mas’ul bo‘lishsa, markaz Pike va Langle yoki jamoaning yangi a’zosi Erik Garsiyaga ishonib topshirilishi mumkin. Arauxo, Mingesa muqobil qanot himoyachilari hisoblanishadi va Umtiti ham zaxira varianti sifatida ko‘rilsa ajab emas.

 

Yarim himoyachilar: Serxio Buskets, Frenki de Yong, Riki Puch, Serxio Roberto, Pedri, Filippe Koutinyo

Yarim himoyada rang-baranglikni ko‘rishimiz mumkin. Tajribali Buskets, yuqori texnikaga ega de Yong, mehnatkash va jamoaning yetakchisi sifatida ko‘rilayotgan Pedri, o‘zining avvalgi formasiga qaytishga intilayotgan Koutinyo, Riki Puch va Roberto. Yarim himoyadagi bo‘shliqni Pedri yopib ketishga harrakat qilib ko‘radi. Koutinyoning ham o‘yini chiqsa, uni to‘xtatib qolish oson bo‘lmaydi.

Hujumchilar: Serxio Aguero, Ansu Fati, Martin Breytueyt, Lyuk de Yong, Usmon Dembele, Yusuf Demir, Memfis Depay.

Hujumchilar ko‘p... Lekin hamma gap sifatda, sonda emas. Hurmatni saqlagan holda aytish mumkinki, Breytueyt, de Yong «Barselona» darajasiga mos top hujumchilar emas. Istiqbolli ko‘rinayotgan Demir haqida xulosa qilishga erta. Fati jarohatidan endigina qaytib, mashg‘ulotlarga kirishgan. Eng yuqori formada faqat Memfis Depay bo‘lib turibdi. Turkiyaga qarshi bahsda xet-trikka erishgan 27 yoshli forvard «Barselona»ning asosiy forvardiga aylansa kerak. Serxio Aguero va Usmon Dembele jarohatga moyil futbolchi bo‘lib qolishgani sir emas.

 

Bu mavsumda «Barselona»dan juda ham yuqori natijalar kutilmayapti. Biroq, ko‘plab mo‘’jizalar mana shunday kutilmagan vaqtlarda sodir bo‘lishini barchamiz yaxshi bilamiz.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 12:10, 08.09.2021.
O'qildi: 3971 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.