Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Viktor Jalilov: «Futbolda eng qiyin narsa gol urish. Gol o‘tkazmaslik nisbatan osonroq»

Viktor Jalilov: «Futbolda eng qiyin narsa gol urish. Gol o‘tkazmaslik nisbatan osonroq»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 17-turidan o‘rin olgan "Navbahor" — AGMK (0:0) uchrashuvidan keyin o‘tkaziladigan matbuot anjumanining dastlabki qismida "Navbahor" bosh murabbiyi Viktor Jalilov o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashadi.

— O‘ylashimcha, hisob o‘yinga mos bo‘ldi. Hech bir jamoa g‘alabaga munosib edi, deyolmayman. Golli vaziyatlar ko‘p bo‘lmadi. Bunday uchrashuvlardan barchasini yagona gol hal qiladi. Bizda ham, AGMKda ham to‘p nazoratiga egalik kuzatildi. Hujumlar, qarshi hujumlar uyushtirishga intildi.

— Hujumga e’tibor qaratishga intilyapmiz, lekin ko‘p narsa futbolchilarning mahoratiga, raqibning qarshiligiga ham bog‘liq. Qolaversa, AGMK ham kuchli jamoa, bejiz turnir jadvalining yuqori o‘rinlarida bormayapti. To‘g‘ri, hujumda muammolarimiz bor, hujumlarimiz yakuniga yetmay qolyapti. Lekin baribir, asta-sekin hujumdagi salohiyatimizni oshirib boryapmiz. Hali oldinda ko‘p o‘yinlar bor. Golban haqida biror narsa deyolmayman, barchasi tekshiruvlardan keyin aniq bo‘ladi. Hammasi shifokorlarga bog‘liq.

— Bizda hech kim himoyadan o‘ynashni atayin xohlamaydi. Barchasi tarkibda qanday futbolchilar borligiga bog‘liq. Yigitlarni ranjitmoqchi emasman, lekin ayrim jihatlar bo‘yicha aksariyat futbolchilarimizga mahorat yetishmayapti. Shu bois, jamoamizdan O‘zbekiston termasida futbolchi yo‘q. Hujumdagi futbolchilarimiz terma darajasiga tortadigan o‘yin ko‘rsatishmayapti. O‘ylashimcha, ular hali o‘z mahoratlarini ko‘rsatishadi. Misol uchun, O‘rinboyev birinchi davradagiga nisbatan ancha o‘yinini o‘nglab oldi.

— Nega Panshanbe jarima zarbalarini ijro etmayapti? Mashg‘ulotlarda jarima zarbalarini ijro etayotganlarni kuzatib, rasmiy uchrashuvlarda ularga standartlarni ijro etish imkoniyatini beramiz. Ehsoni olimpiya termasi tarkibida gol urdi, lekin kattalar darajasi bilan yoshlar jamoasi darajasi o‘rtasida farq borligini ham unutmaslik kerak. Har bir jamoaning o‘ziga xos talablari bor. Naydenov hujumchi ortida ham o‘ynagan, orqaroqda ham. Bizning chempionatimiz darajasi ham o‘ziga yarasha yuqori, hozircha Boyanga hujum chizig‘ida aniqlik yetishmayapti, lekin uning bundanda yaxshiroq o‘ynay olishiga shubha yo‘q.

— Ro‘ziyev o‘ng qanot yarim himoyachisi pozisiyasida avval ham o‘ynagan. Vaziyatga ko‘ra, tarkibimizdagi futbolchilar orasida u o‘ng qanotda boshqalardan yaxshiroq harakat qilgani uchun uni shu pozisiyaga qo‘ymoqdamiz.

— Futbolda eng qiyin narsa gol urish. Gol o‘tkazmaslik nisbatan osonroq. Shu bois, hujumchi mavzusi ko‘p gapiriladi. Afsuski, yozda yaxshiroq hujumchi ololmadik. Ko‘rikdan o‘tganlardan biri yaxshi edi, lekin u Toshkentdagi o‘rtoqlik o‘yinida jarohat oldi. Yana birining esa harakatlari bizga ma’qul kelmadi, — deya fikrlarini yakunladi Viktor Jalilov.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 22:09, 10.09.2021.
O'qildi: 1714 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.