Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor 1-1 Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl 1-3 Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor 0-0 Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) - Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa - Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya - Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

Mourinyo: "Men yolg‘on gapirgandim"

Mourinyo: "Men yolg‘on gapirgandim"

Baho:
+ | -

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Italiya A Seriyasining 3-tur uchrashuvida "Sassuolo" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (2:1), o‘yin haqidagi fikrlari o‘rtoqlashdi. Bu uchrashuv portugaliyalik mutaxassisning professional murabbiylik faoliyatidagi 1000-uchrashuvi bo‘ldi.

"Bu hafta men o‘zimga yolg‘on gapirdim, atrofdagilarga mazkur o‘yin men uchun alohida uchrashuv emasligini aytdim. Men o‘zimni ishontirmoqchi bo‘ldim, lekin bu alohida o‘yin edi. Ushbu bahs karyeramdagi 1000-o‘yinim bo‘ldi. Men uchrashuvda mag‘lub bo‘lishimiz mumkinligidan xavotirda edim.

Natijada, uchrashuv aql bovar qilmas darajada bo‘lib chiqdi. Hisob 6:6 yoki 7:7 bo‘lishi, hatto "Sassuolo" 2:1 hisobida g‘alaba qozonishi ham mumkin edi. Rui Patrisio bir nechta ajoyib seyvlarni amalga oshirdi. Bizda ham ikkita 100% imkoniyat bo‘ldi, ammo futbolchilarimiz vaziyatdan foydalana olmadi. Bugun mutlaqo g‘ayrioddiy uchrashuv bo‘ldi.

Men ayni paytda 58 yoshda emasman. Men o‘zimni 10, 12 yoki 14 yoshdali xayolparast kabi his qilardim. Shundan so‘ng men "Sassuolo" ustozi Alessio Dionisidan bilan gaplashib,
fantastik o‘yin bo‘lganligini aytdim", - Mourinyoning so‘zlarini keltiradi Football Italia nashri.

Kiritildi: 10:34, 13.09.2021.
O'qildi: 16649 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик