Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

YECHL. «Barselona» - «Bavariya» uchrashuvi uchun prevyu

YECHL. «Barselona» - «Bavariya» uchrashuvi uchun prevyu

Baho:
+ | -

Chempionlar Ligasi-2021/22 ning guruh bosqich birinchi turidayoq musobaqaning eng markaziy uchrashuvlaridan biri o‘tkaziladi.

«Bavariya» va «Barselona» Chempionlar Ligasi 2021/22 yilgi mavsumdagi ilk o‘yinlarida o‘zaro to‘qnash kelishadi.

Oxirgi marta ushbu jamoalar o‘zaro 2019/20 yilgi YECHL chorak finalida uchrashganda 8:2 hisobi qayd etilgan va Germaniya klubi Lisabonda g‘alaba qozongan edi. Bu natija orqali myunxenliklar o‘z tarixida ilk bor Chempionlar Ligasi bir o‘yinida sakkizta gol kiritgan, kataloniyaliklar esa 1946 yildan beri birinchi marta o‘z darvozasidan 8 to‘p olib chiqqan edi.

«Barselona» va «Bavariya»dan tashqari E guruhida «Benfika» va "Dinamo Kiyev" jamoalari ham bor.

Jamoalarning oxirgi 9 to‘qnashuvi Chempionlar Ligasi doirasida bo‘lgan. Shulardan ikkitasi pley-off bosqichida o‘tkazilgan. Bu 1998/99 yilgi mavsumdan beri ilk bor tomonlarning guruh bosqichida uchrashishi hisoblanadi.

«Barselona» 2014/15 mavsumda yarim finalda umumiy 5:3 hisobida mag‘lub etgandi (uyda 3:0, safarda 2:3). «Bavariya»dan o‘shanda Levandovski va Myuller to‘p kiritishgan.

Bunga qadar, ya’ni 2012/13 yilgi mavsum yarim finalida «Bavariya» ispan klubini umumiy 7:0 hisobida taslim qilgandi. O‘z maydonida o‘tgan bahsda (4:0) Myuller dubl qayd etgan va "Kamp Nou"da bo‘lib o‘tgan uchrashuvda (0:3) ham Tomas o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ygan edi. Pike ham o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ygan o‘yin.

23 mavsum oldin jamoalar Chempionlar Ligasi guruh bosqichida to‘qnash kelishganida «Bavariya» o‘z maydonida 1:0, mehmonda esa 2:1 hisobidagi g‘alabalarni qayd etgan. O‘sha mavsum myunxenliklar finalda MYU klubiga alamli hisobda (2:1, qo‘shimcha daqiqalarda kiritilgan ikki gol) mag‘lub bo‘lishgandi.

Yana bir qiziq jihati shundaki, barcha besh pley-off bahslarida to‘qnash kelgan «Barselona» va «Bavariya» juftligi g‘olibi o‘sha mavsum musobaqa chempioniga aylangan.

«Barselona» o‘tgan mavsum La Ligada «Atletiko» va «Real»dan keyin uchinchi o‘rinni egalladi. Oxirgi marta jamoa 2007/2008 yilgi mavsumda ham top-2 o‘rindan chetda qolgandi.


Taxminiy tarkiblar

Barselona - Ter Shtegen, Roberto, Arauxo, Pike, Alba, Buskets de Yong, Pedri, Koutinyo, Yong, Depay

Bavariya - Noyer, Pavar, Upamekano, Ernandes, Devis, Kimmix, Goreska, Muciala, Myuller, Sane, Levandovski


Yo‘qotishlar

Martin Breytueyt, Serxio Aguero, Ansu Fati, Usmon Dembele jarohat sababli kataloniyaliklarga yordam bera olishmaydi. Serjinyo Dest va Xordi Albada kichik jarohat bor va ularning harakat qilishi so‘roq ostida.

Myunxenliklarning asosiy futbolchilari hisoblangan Kingsli Koman, Korentin Tolisso va Serj Gnabrilar ham jarohati bois mazkur uchrashuvni o‘tkazib yuborishadi. Germaniyalik vingerning maydonga tushishi so‘roq ostida.

 

Raqamlar

«Bavariya» Chempionlar Ligasi doirasidagi oxirgi 21 uchrashuvdan 19tasida g‘alaba qozongan.

«Bavariya» barcha musobaqalarda «Barselona»ga qarshi oxirgi 6 o‘yinning beshtasida g‘alabaga erishgan.

«Bavariya» barcha musobaqalarda «Barselona»ga qarshi oxirgi 6 o‘yinning beshtasida kamida ikkitadan gol kiritgan.

«Barselona» Germaniya klubiga qarshi oxirgi uchta uchrashuvda kamida ikkitadan gol urishga erishgan.

 

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Maykl Oliver (Angliya)

Qanot hakamlari: Styuart Burt, Simon Bennet (Angliya)

Zaxira hakami: Darren Ingland (Angliya)

VAR: Styuart Atuell (Angliya)

VAR yordamchisi: Pol Tirni (Angliya)

 

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» - «Bavariya» uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:11, 14.09.2021.
O'qildi: 5639 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.