Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

YECHL. Ispan yigitlari «qizil buqalar»ga qarshi: «Sevilya» - «Zalsburg» (prevyu)

YECHL. Ispan yigitlari «qizil buqalar»ga qarshi: «Sevilya» - «Zalsburg» (prevyu)

Baho:
+ | -

Ispaniyaning Andalusiyasidan bo‘lgan «Sevilya» klubi Chempionlar ligasi doirasida bugun oqshomida «RB Zalsburg»ga qarshi saf tortadi. Ushbu jamoalar keyingi turlarda «G» guruhida «Lill» hamda «Volfsburg» bilan raqobatlashishi kerak.

«Sevilya» ushbu bahsga ichki ligada «Elche» bilan 1:1 hisobidagi durang o‘yin bilan yetib keldi. Ular o‘tgan hafta yakunida «Barselona»ga qarshi maydonga tushishi kerak edi, ammo ushbu to‘qnashuv noma’lum muddatga ortga surildi. Hozirda «Sevilya» uchta turda 7 ochko bilan La liga jadvalida 6-o‘rinni band etgan.

Bu davrda «Zalsburg» Avstriya Bundesligasida «Tirol» klubini 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Jamoa tarkibidagi gollarga Adamu, Noa Okafor hamda Benjamin Sesko mualliflik qilishgan. Klub 7 ta o‘yinda 7 ta g‘alaba bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

«Sevilya» hamda «Zalsburg» shu choqqacha ikki marotaba to‘qnash kelishgan bo‘lib, har ikki bahs ispaniyaliklar foydasiga hal bo‘lgan. Oxirigi bahsda 2:0 hisobi qayd etilgan bo‘lib, andalusiyaliklar tarkibida Frederik Kanute dubl qayd etgan edi.

Yangi mavsumdagi jamoalar statistikasi:

«Sevilya» G‘-G‘-D. (barcha turnirlarda)
«Zalsburg» G‘-G‘-G‘-G‘-G‘. (barcha turnirlarda)

«Sevilya» tarkibida Lyudvig Augustinson, Papu Gomez, Markos Akunya hamda Gonzalo Montiyel xalqaro tanaffusdan qaytgan va Yulian Lopategiga yordam berishga shay holda turibdi. Klub asosiy futbolchilaridan faqat bittasida, markaziy yarim himoya vakili Olivyer Torresda jarohat mavjud va o‘yinda qatnasha olmaydi.

«Zalsburg» tarkibida asosiy jamoada yo‘qotishlar ko‘proq. Seku Keyta, Zlatko Yunuzovich va Alberto  Vallchida jarohat mavjud. Ular Mattias Yayssle boshchiligidagi jamoada bugun maydonga tusha olmaydi.

Ushbu o‘yin katta ehtimol bilan Ispan granti ustunligida o‘tadi. Ular YECHLning ilk bahsida yutishga odatlangan. Hozirgi kunda ham «Sevilya» tarkibida o‘yinni o‘zgartirib yubora oladigan, bahs dinamikasiga ta’sir etuvchi va albatta, yaxshi ijrochilar mavjud. Ko‘plab mutaxassislar, jumladan, «BT Sports» telekanali ushbu bahs 2:1 hisobida «Sevilya» foydasiga hal bo‘lishini taxmin qilishgan.

«Sevilya»ning taxminiy tarkibi:

Darvozada: Yassin Bonu;
Himoyada: Markos Akunya, Diyego Karlos, Jyul Kunde, Xesus Navas;
Tayanchda: Fernando, Xuan Jordan;
Yarim himoyada: Papu Gomez, Suso va Erik Lamela;
Hujumda: Yussuf En-Nesiriy.

«RB Zalsburg»ning taxminiy tarkibi:

Darvozada: Filipp Kon;
Himoyada: Nissen Kristensen, Umar Sole, Maksimilan Vober, Andreas Ulmer;
Yarim himoyada: Muhammad Kamara, Nikolas Kapaldo, Nikolas Sheyvald;
Hujumkor yarim himoyada: Brenden Aronson;
Hujumda: Chukvube Adamu va Karim Adeyemiy.

Eslatib o‘tamiz, yuqoridagi bahs Toshkent vaqti bilan 21:45da start olishi belgilangan. O‘yinni MTRK tarkibidagi «Mahalla» telekanali orqali tomosha qilish mumkin.

Jaloliddin ISMATOV tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:55, 14.09.2021.
O'qildi: 2302 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик