Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Eldor Shomurodov: «Bunday muxlislar ko‘z o‘ngida o‘ynash yoqimli»

Eldor Shomurodov: «Bunday muxlislar ko‘z o‘ngida o‘ynash yoqimli»

Baho:
+ | -

"Roma" hujumchisi Eldor Shomurodov konferensiyalar ligasi 1-turi doirasida bo‘lib o‘tgan Bolgariyaning SSKA klubiga qarshi o‘yin (5:1) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi. O‘zbekistonlik futbolchi mazkur bahsda ikkita assist muallifiga aylandi.

E’tiborli tomoni, u intervyuni italyan tilida berdi.

"Bu guruhdagi birinchi o‘yin edi. Unda g‘alaba qozonishimiz juda muhim hisoblanardi. Buni uddalaganimizdan juda baxtiyorman. Biz endi keyingi o‘yinga tayyor bo‘lishimiz lozim.

Bunday muxlislar ko‘z o‘ngida o‘ynash, nafaqat menga, balki barcha jamoadoshlarimga yoqimli. Deyarli ikki yil o‘tib muxlislar bilan futbol o‘ynash futbolchilar uchun o‘ta muhim", — dedi Shomurodov.

Manba: https://t.me/tolipovuz

"Рома" - "ЦСКА София" ўйинида Шомуродовнинг ҳаракатларини қуйидаги видеода томоша қилишингиз мумкин.

Kiritildi: 15:08, 17.09.2021.
O'qildi: 8724 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик