Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

APL. Lukaku Keynga qarshi yoxud London derbisi uchun prevyu

APL. Lukaku Keynga qarshi yoxud London derbisi uchun prevyu

Baho:
+ | -

Angliya chempionati 5-tur doirasida «Tottenxem» o‘z maydonida hamshahri «Chelsi» klubini qabul qiladi.

Bilasizmi?

«Chelsi» APL doirasidagi oxirgi safar London derbisining har birida g‘alaba qozongan. Ular o‘z tarixida APLda hech qachon qatorasiga olti bor London derbisida g‘alaba qozona olishmagan.

APL doirasida «Chelsi»ga qarshi dastlabki 4 o‘yinda uchta gol urgan Xarri Keyn, oxirgi 8 uchrashuvda faqatgina bitta darvozani ishg‘ol qilgan. Shunga qaramay, Keyn Premyer-Liganing «Tottenxem» maydonida o‘tgan 9 London derbisida 12 golli vaziyatlarda ishtirok etgan (7 ta gol, 5 ta assist).

Romelu Lukaku va Ris Jeyms o‘tgan oy «Arsenal» bilan o‘yinda g‘alaba keltirgan gollarni kiritishgan edi (2:0). Premyer-Liga davrida faqatgina ikki nafar «Chelsi» a’zosi «Arsenal» va «shporlar» maydonida bir mavsumning o‘zida gol urishni uddalashgan. Bular: Markos Alonso (2017/18) va Xuan Mata (2012/13).

 

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Pol Tirni

Qanot hakamlari: Konstantin Hatzidakis, Nil Devis

Zaxira hakami: Kreyg Pouson

VAR: Kris Kavanag

VAR yordamchisi: Shon Messi-Ellis

 

«Tottenhem» mavsumni mukammal darajada boshladi - uch o‘yinda uchta g‘alaba. Ammo, Nuno Eshpiritu Santu jamoasi xalqaro tanaffusdan keyin jarohatlar girdobida qoldi va o‘tgan hafta kutilmaganda "Kristal Pelas"dan 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Bundan tashqari, payshanba kuni o‘tkazilgan Yevropa Konferensiya Ligasida «Renn» bilan 2:2 o‘ynadi. Bu natijalar orqali jamoaning natijalari yomonlashayotgani ko‘rinib turibdi.

O‘z navbatida «Chelsi» mavsumda yaxshi start oldi. 4 o‘yinda 10 ochko va «Liverpul» chempionlik uchun kurashga qo‘shildi. O‘tgan hafta "Aston Villa" 3:0 hisobida mag‘lub etildi. Lekin, YECHLda «Zenit» bilan o‘tkazilgan o‘yinda minimal g‘alaba (1:0) qayd etildi. Jamoa bugun g‘alabali seriyasini uzaytirishni umid qilmoqda.

 

Taxminiy tarkiblar

Tottenxem (4-3-1-2): Loris; Emerson, Sanchez, Romero, Regilon; Hoyberg, Skipp, Ndombele; Alli; Kane, Son

Chelsi (3-4-2-1): Mendi; Aspilikueta, Kristensen, Ryudiger; Jeyms, Jorjino, Kante, Alonso; Maunt, Haverts; Lukaku.

Yo‘qotishlar

Mezbonlarda yo‘qotishlar ko‘p. Tanganga diskvalifikasiya qilingan. Sanches, Lo Chelso, Romero yuqori sport formasiga kirib ulgurmagan. Son Xyon Min qaytgan bo‘lsada jarohati bor. Lukas Moura, Erik Dayer, Rayan Sessenyon va Stiven Begveyn ham maydonda harakat qilishi aniq emas.

Kristian Pulishich jarohatini tuzatishga harakat qilayotgan bo‘lsa, Ngolo Kante safga qaytdi, ammo optimal formada emas.

 

Raqamlar

«Tottenxem»ning APLdagi eng noqulay raqiblaridan biri - «Chelsi». «Aristokratlar» boshqa barcha ingliz klublariga qaraganda «shporlar» darvozasiga ko‘proq gol (103) urishgan. Shuningdek, faqatgina MYU (36) «Tottenhem» bilan o‘yinda «Chelsi»ga (31) qaraganda ko‘p g‘alaba qozongan.

«Chelsi» Tomas Tuxel qo‘lostida APLda quruq o‘yin o‘tkazish bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichni (61 foiz) qayd etishmoqda (14/23). Bu musobaqa tarixida bir murabbiy boshqaruvida istalgan mutaxassisning natijasidan yaxshiroq. Bu yerda kamida 10 ta o‘yin o‘tkazgan murabbiylar taqqoslangan.

Tomonlar Angliya chempionatida o‘zaro 58 marta uchrashishgan. «Chelsi» 31 g‘alaba qayd etgan va 7 ta bahsda mag‘lub bo‘lgan. 20 o‘yinda esa durang natija kuzatilgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:30da boshlanishi ko‘zda tutilgan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:46, 19.09.2021.
O'qildi: 2885 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик