Fransiyaning "PSJ" klubi futbolchilar sotuvi bo‘yicha o‘z transfer rekordini yangilashi mumkin.
Avvalroq Ibraim Mbayening "PSJ"dan "Aston Villa"ga o‘tishi kutilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Parijliklar ushbu transferdan taxminan 55 million yevro ishlab olishi mumkin.
Bundan tashqari, Bradli Barkolaning "Liverpul"ga 140 million yevro evaziga o‘tishi kutilmoqda.
Agar har ikki transfer ham amalga oshsa, "PSJ" joriy transfer oynasida futbolchilar sotuvidan jami taxminan 360 million yevro daromad oladi. RMC Sport ma’lumotiga ko‘ra, bu klub tarixida bir transfer oynasi davomidagi yangi rekord bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Luis Enrike jamoasi Fransiya Liga 1ning 2-turida "Lill" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Parijliklar ikki turdan keyin 2 ochko jamg‘argan.













