Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Abduqodir Husanovning “Kristal Pelas”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Abduqodir Husanovning “Kristal Pelas”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Baho:
+ | -

Angliya Premyer Ligasining 2-turi doirasida “Kristal Pelas” va “Manchester Siti” jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Bellashuv “shaharliklar”ning 4:1 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. Ushbu bahsda O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov asosiy tarkibida maydonga tushib, 89-daqiqada almashtirildi.

Himoyachi jami 105 marta to‘p bilan muomala qildi. U 82 ta uzatmaning 77 tasini aniq amalga oshirdi (94 foiz aniqlik). Shuningdek, Husanov 14 ta sprint (yuqori tezlik) qayd etdi. Sofascore portali Abduqodirning harakatlarini 7,1 ball bilan baholadi.

Abduqodir Husanovning himoyadagi ko‘rsatkichlari:

Himoyaviy harakatlar: 6 ta;
Tashlanib to‘pni olib qo‘yish: 4 marta (3 tasi muvaffaqiyatli);
Raqib hujumini bartaraf etish: 1 marta;
Yerdagi kurashlar: 6 ta (5 tasi muvaffaqiyatli);
Havodagi kurashlar: 1 ta (muvaffaqiyatli);
To‘pni qaytarib olish: 3 marta.
Raqib zarbasika blok qo‘yish: 1 marta

“Manchester Siti” safida faol harakat qilgan va jamoasining ikkita goliga mualliflik qilgan Rayan Sherki uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Sofascore tomonidan fransiyalik yarimhimoyachining harakatlari 8,6 ballga loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, yana bir dubl muallifi Erling Holand 8,3 ball oldi. Mehmonlar safida faol harakatlari bilan ajralib turgan Elliot Anderson 7,7 ball bilan baholandi.

Ushbu natijadan so‘ng “Manchester Siti” 6 ochko bilan turnir jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:06, 29.08.2026.
O'qildi: 5666 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик