Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xediraning «Real»dagi vazifasini ochiqlandi

Xediraning «Real»dagi vazifasini ochiqlandi

Baho:
+ | -

Bu yozda Sami Xedira Joze Mourinyo bilan birga madridning «Real» klubiga qaytdi. Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi portugaliyalik mutaxassisning murabbiylar shtabida ish boshladi.

The Athletic ma’lumotiga ko‘ra, Xediraning vazifasi faqat mashg‘ulotlarda yordam berish bilan cheklanmaydi. 39 yoshli mutaxassis jamoa ichidagi muhitni kuzatib boradi va klubda belgilangan yuqori talablar saqlanishiga ko‘maklashadi.

Shuningdek, Xedira futbolchilar orasida katta hurmatga ega ekani ta’kidlanmoqda. U uchrashuvlarga tayyorgarlik jarayonida o‘z fikrini faol bildirib, o‘yinchilarga maslahatlar berib boradi.

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, Xedira hali ham juda yaxshi jismoniy formada. U ayrim mashg‘ulotlarda futbolchilar bilan birga qatnashadi.

Hatto jamoa ichida sobiq yarim himoyachi hozir ham Mourinyoning «Real»dagi birinchi davridagidek maydonga tushib, bemalol o‘ynay olishi haqida hazillar ham yangramoqda.

Kiritildi: 08:14, 29.08.2026.
O'qildi: 3206 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик