Jessi Lingard o‘tgan yozda «Manchester Yunayted»ning eng ko‘p muhokama qilingan futbolchilaridan biri bo‘ldi. «Vest Xem»ga ijaraga berilganidan so‘ng qolgan ikki yil davomida futbolchining kelajagi noaniq bo‘lib turdi. «Mankunianlar» Jessi bilan xayrlashmoqchi edi, lekin bu natija bermadi.
Shu orada mos takliflar ham chiqmadi, keyin esa murabbiy o‘yinchini qo‘yib yuborgisi kelmadi. O‘tgan yoz oxirida hamma Lingard «Manchester Yunayted»ni tark etishiga ishonch bog‘lagandi. Ammo Jessi jamoada qoldi. Yarim himoyachining qarori to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini esa endi vaqt ko‘rsatadi. Mutaxassislar uni «Old Trafford»ga qaytmasligi kerak deb hisoblamoqda.
Lingard har doim «Manchester Yunayted»dan katta umidlar qilib kelgan. Biroq rahbariyatni qoniqtira oladigan fantastik darajadagi o‘yinlarni ham ko‘rsatmagan. Shu bilan birga, hech qachon kutilganidek «temir» o‘yinchi maqomini ham oqlab bera olmadi. Futbolchi faoliyatining boshida Chempionshipda tajriba orttirdi. «Lester», «Birmingem», «Brayton» va «Derbi Kaunti» jamoalarida bir muddat ijarada o‘ynagan. Gol va assistentlik borasidagi qobiliyatlarini o‘stirgach, nihoyat uni «Old Trafford»ga qaytarishdi.
Lingard 2015/16 yilgi mavsumda «Yunayted»ning birinchi jamoasi tarkibida doimiy ravishda o‘ynay boshladi. Shunisi e’tiborga loyiqki, o‘shanda u jamoada eng ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi. U keyinchalik Premyer-ligada 33 ta o‘yin o‘tkazib, 8 gol va 5 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Oradan bir mavsum o‘tgach esa endi yarimhimoyachi uchun barcha resurslar kamaya boshladi: o‘yin vaqti, mahsuldorlik va o‘ziga bo‘lgan ishonch. Natijada, Lingard Premyer-liganing naq 8 uchrashuvini o‘tkazib yubordi. Mavsumning ikkinchi yarmida esa u butkul ichki chempionat bahslari uchun qaydnomaga kiritilmadi. Kutilganidek, ingliz terma jamoadagi o‘rnini yo‘qotdi.
Oxirgi mavsum boshlanganda Lingardning mahsuldorligi unchalik ham yaxshilanmagan edi. Yarim mavsum davomida Jessi Premyer-liganing birorta o‘yinida maydonga tushmadi - atigi 1 marta Angliya kubogi va 2 marta Liga kubogida ishtirok etdi xolos. Bora bora Lingardinyo qaydnomada umuman yo‘qolib qoldi. Yanvar oyida yarimhimoyachi uchun «Vest Xem» taklif bilan chiqdi. «Bolg‘achilar» uni yarim mavsumga ijaraga oldi. Lingard yangi jamoasining birinchi o‘yinida darvozani ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Debyutdagi omad esa kelgusi muvaffaqiyatlarga bevosita ulanib ketdi.
Shundan so‘ng ingliz samarali harakatlarni amalga oshirishdan to‘xtamadi. Lingard «bolg‘achilar» safida APLda 9 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Jessi 2017/18 yilgi mavsumda bo‘lgani kabi bu safar ham 13 ta golda ishtirok etdi. Faqat birgina farqi bu natijalarga erishish uchun unga o‘tgan mavsum 33 ta o‘yin kerak bo‘lgandi, bu safar esa - ushbu ko‘rsatkich 16 ta uchrashuvda sodir etildi.
Yarimhimoyachi «Vest Xem» bilan qisqa, lekin juda yaxshi va samarali o‘yinlar o‘tkazdi. Jamoa mavsum so‘nggida Yevropa Ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. «Bolg‘achilar» yakunda futbolchini sotib olishni juda ham xohlagan. O‘z o‘rnida «Manchester Yunayted» ham iste’dodli inglizni ortga qaytarishga qarshi edi. Bir tomondan oradagi muammo hal qilinganga ham o‘xshardi. Ammo Lingardning Londonga to‘liq ko‘chib o‘tishi birdaniga amalga oshmay qoldi. Bir tomondan, klublar transfer summasi borasida o‘zaro kelisha olishmadi. Boshqa tomondan, Jessining o‘zi «Old Trafford»da qolishga qaror qildi, rahbariyat unga ishonch bildirishiga ishondi.
Agar futbolchining o‘zi ketish istagini bildiradigan bo‘lsa, «mankunianlar» uni qo‘yib yuborishi aniq edi. Ammo Jessi klubda qolishini aniq ta’kidladi. Uning bu qarori «Manchester Yunayted»ning o‘tgan yozgi transferlari fonida g‘alati ko‘rinishi mumkin. Ingliz Sulsher jamoasida yetakchi rolga ega bo‘lmasligini darhol tushunishi kerak. Lekin u Manchesterda yulduz darajasiga yetishiga qattiq ishonadi.
«Manchester Yunayted» ning hozirgi ro‘yxatiga nazar tashlasak, Lingard qayerga mos kelishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin. Ya’ni, bu o‘yinchining o‘ziga mos keladi. Jessi tug‘ilgan hujumkor yarimhimoyachining pozisiyasi haqida gapirish mumkin emas. Endi uning yoki Donni van de Bekning ham o‘yin vaqti yetishmasligidan Bruno Fernandes bilan raqobatlashishi mumkin emas. Ammo Xuan Mata ham bor.
Aslida Lingardning klubdagi afzallilik xususiyatlari ko‘p, Jessi ko‘p qirrali o‘yinchi. U hujumkor tarzda qanotlarda ham, markaziy hujumchi sifatida ham o‘ynay olishi mumkin. O‘tgan mavsumda Jessi markaziy hujumchi sifatida 3 ta o‘yin o‘tkazdi va 3 ta gol urdi. Unga «Vest Xem»da joy kafolatlangan, ammo «MYU»da vaziyat boshqa.
Ayni dam «mankunianlar» tarkibida 3 ta hujumchi bor: Krishtianu Ronaldu, Antoni Marsyal va Edinson Kavani. Meyson Grinvud va Jeydon Sancho o‘ng qanot pozisiyasiga da’vogarlik qilishadi. Hujumning chap tomoni esabbo‘sh qolgan, lekin Markus Reshford safga qaytishi bilan bu zonani egallab olishi kutilmoqda. Lingardni turli pozisiyalarda sinab ko‘rish mumkin, lekin uning uchun bo‘sh o‘rin yaratib berish mushkul. U bu zonani o‘zi uchun aynan o‘zi yaratishi lozim. Zero bu uning o‘z tanlovi.
Ha, Jessi o‘tgan tur «Nyukasl» darvozasini ishg‘ol qildi, ammo bu uning taqdirida hech narsani o‘zgartirmaydi. Qolaversa, bu uning «Old Trafford»dagi so‘nggi ikki yarim yil ichidagi birinchi goli. Premyer-ligada o‘zini ko‘rsata olgan futbolchi Chempionlar ligasining ochilish bahsida o‘zini oqlay olmadi. «Yang Boyz»ga qarshi o‘yinda u o‘z darvozasiga uyushtirilgan golli hujumda aybdorga aylanib qoldi.
Joriy mavsum Premyer-ligada Lingardinyo jami 28 daqiqa maydonda harakat qildi. Darhaqiqat, Devid Moyes jamoasida u birinchi raqamli futbolchi darajasiga ham ko‘tarildi. Jessini Moyes ushlab qolishi mumkin edi, biroq jarohatdan qaytgan Maykl Antonio bunga imkon bermasligi aniq. Qolaversa, uning joriy mavsumdagi statistikasidan xabaringiz bor.
Futbolchining «Yunayted» bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha mo‘ljallangan. Uning «Old Trafford»dagi kelajagi hamon noma’lumligicha qolmoqda.
Nikola Vlashich bilan shartnoma imzolanganiga qaramay, «Vest Xem» Lingardni o‘z safiga qaytarishga tayyor, buni yaqinda Moyes yordamchilaridan biriga aytib o‘tgan. Qolaversa, hammasi futbolchining o‘ziga bog‘liq bo‘ladi. «Manchester Yunayted» uni yozda erkin agent sifatida qo‘yib yubormaydi. Yanvar oyida Jessi Londonga qaytish uchun so‘nggi imkoniyat mavjud, uni hali ham poytaxtda kutishmoqda. Barchasi uning o‘z qaroriga havola. U Manchesterdagi baxtsiz kelajagini tezroq ilg‘ab olishi kerak. Voqealar rivojini esa kuzatishda davom etamiz.