Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Mirjalol Qosimov: «Safardagi o‘yinlarda ko‘p ochko yo‘qotdik»

Mirjalol Qosimov: «Safardagi o‘yinlarda ko‘p ochko yo‘qotdik»

Baho:
+ | -

AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Superliganing 19-turi doirasida bo‘lib o‘tgan o‘yin (0:0) borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Qiziqarli va jangovor o‘yin bo‘ldi. Ikki jamoa ham yuqori tempda harakat qildi. Bir-biriga munosib jamoalar to‘qnash keldi. "Qizilqum" sharafini kuchli va mahoratli futbolchilar himoya qilmoqda. Har bir klub o‘z oldiga g‘alaba qozonishni maqsad qilgandi. O‘yinning so‘nggida ochiq futbol guvohi bo‘ldik. Shunday uchrashuvlar ko‘paysa muxlislar ham xursand bo‘ladi.

AGMK safarda ko‘p durang o‘ynamoqda? Sabab - raqib. Haqiqatdan ham ancha ochkolarni boy berdik. Shu jihat biroz ranjitdi. Bugun biz ham, "Qizilqum" ham yutib ketishi mumkin edi. Futbolda har doim siz istagan narsa bo‘lavermaydi», — dedi Qosimov.

Manba: https://t.me/pfcagmk
Kiritildi: 22:38, 20.09.2021.
O'qildi: 1769 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик