Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Ijara cheklovi – rivojlanish omili

Ijara cheklovi – rivojlanish omili

Baho:
+ | -

Rossiya chempionati doirasida «Spartak» va «Ximki» jamoalari o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan avval moskvaliklarning «Ximki» safida ijarada to‘p surayotgan futbolchisi Reziuan Mirzov masalasida kichik ajiotaj sodir bo‘ldi. RPL reglamenti ijarada o‘ynayotganlarning o‘z klubiga qarshi bahslarda maydonga tushishiga cheklov qo‘yishni taqiqlaydi. Biroq Mirzov shu kuni o‘ynamadi, katta ehtimol, bunga «Spartak» va «Ximki» o‘rtasidagi jentlmenlik kelishuvi sabab bo‘lgan.

Yaqinda shunga o‘xshash holat O‘zbekiston chempionatida ham kuzatilgan, vaholanki, futbolchining asosiy klubiga qarshi bahsda to‘p surishiga cheklov qo‘yish taqiqlangandi. Ammo «Navbahor» va «Bunyodkor» o‘rtasida jentlmenlik kelishuvi bo‘lmagan, oqibatda ikki klub o‘rtasidagi tortishuv ommaga tarqaldi.

«Navbahor» va «Bunyodkor»dan qaysi biri haqligini aniqlashga urinmaylikda, e’tiborimizni «sayyoramiz futboli markazi - Angliya Premyer-ligasiga qarataylik. U yerdagi tajribadan rivojlanishga intilayotgan ligalarda hamon namuna olishadi, qoidaga ko‘ra, ijaraga olingan futbolchilar o‘z klublariga qarshi bahslarda o‘ynay olishmaydi. Ushbu prinsip «manfaatlar ixtilofi» deyiladi. Mantiq tushunarli: futbolchining uni ijaraga bergan klub bilan hamon shartnomasi bor, ko‘p hollarda maoshini ham o‘sha klub to‘laydi.

Ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston chempionati modeli APLdan emas, RPLdan olingan.

«Navbahor» - «Bunyodkor» tortishuvi payti reglamentdagi yana bir jihatga e’tibor qaratdim. Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston klublari bir klubdan ikki nafar futbolchini ijaraga olisholmaydi, o‘z navbatida, bir klub bir vaqtning o‘zida 6 nafar futbolchini ijaraga berolmaydi.

APLda qanday?

Hammasi boshqacha. Bir klubdan olinadigan futbolchilar soni bo‘yicha qat’iy cheklov o‘rnatilgan: bir nafardan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Futbolchining o‘z jamoasiga qarshi bahsda o‘ynay olmasligidan kelib chiqsak, bu mantiqan to‘g‘ri. Bir o‘yinning o‘zida ikki futbolchidan ayrilish, ko‘plik qiladi.

Reglamentdagi asosiy tafovut ijaradagi futbolchilarning umumiy soni bilan bog‘liq. APLda ijaraga olinadiganlar emas, ijaraga olinganlar borasida cheklov bor. Klublar bir vaqtning o‘zida ikki nafardan ortiq futbolchini ijaraga olisholmaydi, mavsum davomida 4 nafardan ortiq futbolchi ijaraga olinmaydi. Lekin ijaraga futbolchi berish bo‘yicha umuman cheklov yo‘q. Misol uchun, APLda 19 nafar - o‘z ligasidagi har bir klubga bir nafardan futbolchi berish mumkin.

Farq nimada?

Odatga ko‘ra, klublar ikki turga bo‘linadi. «A» klub - jiddiy, o‘z akademiyasi bor, shakllangan transfer siyosatiga ega. Uning tarbiyalanuvchilari bisyor, bunday klublar ko‘pincha uzoqni ko‘zlagan holda, boshqa jamoalardan yosh futbolchilarni sotib olishadi. «V» klub - aksincha, uzoq muddatli rejalardan yiroq, tayyor futbolchilar bilan shartnoma imzolashga urinadi, yana ham qulayrog‘i - ijaraga olish, arzonga tushadi. Boz ustiga, futbolchilar ham ligalar bo‘ylab sayohat qilmaslik uchun bunday klublar bilan uzoq muddatli shartnoma imzolashni istashmaydi.

«A» toifasiga kiradigan klublarga misol - «Chelsi», «Manchester Yunayted», «Manches­ter Siti». Masalan, o‘tgan mavsum London jamoasi 100dan ortiq futbolchi bilan shartnoma imzoladi, ulardan 15 nafari ijaraga ketdi. «Manchester Siti»ning esa 14 nafar futbolchisi turli klublarda ijara asosida o‘ynashdi. Ijaraga o‘yinchi berish borasida «Atalanta» rekord o‘rnatdi, mavsumlarning birida ushbu klub ijaraga bergan futbolchilari soni 55 nafarga yetdi.

APL reglamenti «A» klublarini ilhomlantirib, «V» klublari imkoniyatlarini cheklaydi. Agar Angliya Premyer-ligasi reglamenti ijaraga berilgan futbolchilar soni bo‘yicha cheklov o‘rnatganda, «A» toifasidagi klublar asosiy jamoaga kirolmayotgan o‘yinchilarni sotishga majbur bo‘lishardi. O‘z navbatida, «V» toifasidagi klublarda o‘z ligalarida 38 nafargacha bo‘lgan futbolchini ijaraga olish imkoniyati tug‘ilardi. Bunday holatda transfer bozorida talab ortib, futbolchilar narxi tushib ketardi. Natijada, «A» toifasidagi klublar o‘z tarbiyalanuvchilarini tuzukroq summaga sotish imkoniyatidan mahrum bo‘lish tufayli yana yo‘qotishga uchrashardi. «Chelsi» bu yil 8 futbolchisini ijaraga berdi, transferlardan olingan daromad (sof foyda bilan adashtirmaslik kerak) esa 100 milliondan ortib ketdi.

Ya’ni, Angliyadagi reglament va ijara bo‘yicha cheklovlar akademiyalarning rivojlanishiga turtki bo‘ladi, kelajak uchun ishlayotgan klublarni rag‘batlantiradi.

Ba’zan internetga kirish sharoiti odamlarning ma’lumotni tahlil qilish imkoniyatiga bo‘lishlarini anglatmaydi.

Alisher NIKIMBAYEV, «Futbolium»

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 15:28, 22.09.2021.
O'qildi: 2076 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.