Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Gandbolchi ayollarimiz Jahon chempionati sari muhim qadam tashladi

Gandbolchi ayollarimiz Jahon chempionati sari muhim qadam tashladi

Baho:
+ | -

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Iordaniya qirolligida gandbol bo‘yicha ayollar o‘rtasida Osiyo chempionati bahslari qizg‘in davom etmoqda. Unda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ham ishtirok etyapti. Musobaqaga terma jamoamiz bosh murabbiy Zinaida Penkova rahbarligida jo‘nab ketishgan.

Guruh bosqichida vakilalarimiz Janubiy Koreya, Qozog‘iston, Gonkong hamda Quvayt terma jamoalariga qarshi bahs olib borishdi va guruhda 4-o‘rinni egalladi. Shunga qaramay terma jamoamiz a’zolari Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyatini saqlab qolishgan edi. Chunki, shu yilning dekabr oyida Ispaniyada o‘tadigan Jahon chempionatiga Osiyo qit’asidan 6ta o‘rin ajratilgandi. Biroq, so‘nggi pallada Qatar terma jamoasi qit’a chempionatida qatnashmasligini ma’lum qildi. Shu bois Xalqaro gandbol federasiyasi Osiyo jamoalariga ajratiladigan o‘rinlar taqsimotini qayta ko‘rib chiqishi mumkin.

Qit’a chempionatida 11ta jamoa ikki guruhga bo‘lingan holda bahslarga kirishgan bo‘lsa, o‘z guruhida dastlabki ikkita o‘rinni egallagan termalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri mundialga yo‘llanma olishdi. O‘z navbatida 5-8-o‘rinlar uchun kurashadigan jamoalar ham Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettirishmoqda.

O‘zbekiston terma jamoasi kuchli oltilikka kirish uchun mezbon Iordaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va mezbonlar ustidan 34:26 hisobida g‘alaba qozongan holda kuchli oltilikdan joy oldi. Endi gandbolchi ayollarimiz 5-o‘rin uchun Gonkong terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi.

Mazkur jamoalar guruh bosqichida ham o‘zaro to‘qnash kelishgan va unda omad Gonkong terma jamoasiga kulib boqqan edi – 27:30.

Bo‘lajak o‘yinda ayollarimizga omad tilaymiz va ular mustaqil O‘zbekiston tarixida ikkinchi marotaba Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishlariga umid qilib qolamiz.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 17:50, 23.09.2021.
O'qildi: 2199 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.