Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Shahrullo Mahmudov: «Har bir vaznda Akbar Jo‘rayev va Ruslan Nurudinovnikidek raqobatini tashkil qilamiz»

Shahrullo Mahmudov: «Har bir vaznda Akbar Jo‘rayev va Ruslan Nurudinovnikidek raqobatini tashkil qilamiz»

Baho:
+ | -

MOQda Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan sportchilarimizning tahliliga bag‘ishlangan hisobotlar davom etadi. Kunning ikkinchi yarmida yana bir qator federasiyalar vakillari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

Ular orasida katta muhokamalardan biri O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi bilan o‘tdi. Unda O‘zDJTSU qoshidagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktori, professor Rashid Matkarimov, Sportning yakkakurash turlari bo‘yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabi direktori Bahodir Mamatnazarov, shuningdek, Shahrullo Mahmudov boshchiligidagi O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi mutasaddilari ishtirok etishdi. Yig‘ilishni MOQ rahbari Rustam Shoabdurahmonov olib bordi. Ko‘pchilikda medalga yaqin kelgan Adhamjon Ergashev va Muattar Nabiyevaning chiqishi haqida savollar bo‘ldi. Bunga mutaxassislar izoh berib o‘tishdi.

“Adhamdan biz ham medal kutgan edik. Biroq u musobaqadan avval mas’uliyatni katta olib yubordi. Kuchli hayajon bilan, o‘z imkoniyati darajasida qatnasha olmadi. Muattarga kelsak, oyog‘idagi kichik jarohat ta’sir o‘tkazdi. Bu jarohat bahorda paydo bo‘lgan edi. Agar o‘shanda operasiya qilganimizda, Tokiogacha to‘liq tiklanib ulgurmagan bo‘lar edi. Shu bois, kichik jarohat bilan tavakkalga borishga to‘g‘ri keldi”, – dedi terma jamoa bosh murabbiyi Bahrom Mendiboyev.

Yig‘ilish davomida sportchilarimizni tayyorlashda yangi va zamonaviy metodikadan foydalanish haqida alohida fikr yuritildi. Unga ko‘ra, federasiya mutasaddilari Xitoy maktabining o‘ziga xos jihatlarini o‘rganib, uning qator uslublarini amalga tatbiq etishni rejalashtirmoqda. Qayd etish joiz, shu paytgacha jamoamizda maslahatchi murabbiy sifatida faoliyat olib borgan qozog‘istonlik Yerjas Boltayevning shartnomasi tugab bormoqda. Kelishuvga ko‘ra, tomonlar shartnomani uzaytirmaydigan bo‘lgan. Shahrullo Mahmudov Parij Olimpiadasiga tayyorgarlik davrida Akbar Jo‘rayev va Ruslan Nurudinov o‘rtasida yuzaga kelgan kuchli ichki raqobatni har bir vaznda yuzaga keltirish kutilayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, kun davomida yilqichilik va ot sporti, gandbol federasiyalari bilan ham ana shunday tahliliy hisobot o‘tkazildi. Unda Tokio-2020 Olimpiadasiga yo‘llanma qo‘lga kiritilmaganining sababi o‘rganilib, Parij siklida yo‘l qo‘yilgan xatolardan xulosa chiqargan holda strategiya ishlab chiqish bo‘yicha kerakli topshiriqlar berildi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 19:26, 24.09.2021.
O'qildi: 1702 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.