Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 19:00 Surxon 1-1 Dinamo
13/05 19:00 Nasaf 0-0 Bunyodkor
13/05 21:30 Lechche 0-2 Udineze
13/05 23:45 Fiorentina 2-1 Monsa
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv - OKMK
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid - Alaves
15/05 01:00 Jirona - Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ

YECHL. «Shaxtyor» - «Inter» yoxud Ukraina va Italiya grandlari to‘qnashuvi uchun prevyu

YECHL. «Shaxtyor» - «Inter» yoxud Ukraina va Italiya grandlari to‘qnashuvi uchun prevyu

Baho:
+ | -

Chempionlar Ligasi guruh bosqich 2-turida «Shaxtyor» o‘z maydonida «Inter»ni qabul qiladi.

«Shaxtyor» va «Inter» 2020/21 yilgi mavsumdagi ikki uchrashuvda ham durang o‘ynashgandi. Endi esa qo‘lga kiritilgan g‘alaba bu tenglikni buzadi va ulardan biri D guruhiidagi holatini yaxshilab olishlari mumkin.

Ikkala jamoa ham joriy mavsum YECHLni mag‘lubiyat bilan boshladi. «Shaxtyor» safarda musobaqa debyutanti hisobangan «Sheriff»ga imkoniyatni boy berib (0:2) qo‘ygan bo‘lsa, «Inter» 89-daqiqada o‘tkazib yuborilgan gol evaziga o‘z maydonida «Real»dan yengildi.

 

Oldingi uchrashuvlar

Tomonlar o‘tgan mavsum B guruhida to‘qnash kelib, ikkala o‘yinda ham 0:0 hisobida murosa yo‘lini tanlashgandi. Kiyevda o‘tkazilgan bahsda Lukaku va Barella darvoza to‘sinini nishongan olishgandi, 6-turda o‘tgan bahsda esa Lautaro o‘z imkoniyatidan foydalana olmagandi. Mazkur natijalardan keyin «Shaxtyor» uchinchi, «Inter» esa to‘rtinchi o‘rin bilan YECHLdagi ishtirokini yakunlagandi.

2019/20 yilgi mavsum bir o‘yindan iborat Yevropa Ligasi yarim finalida Lukaku va Lautaroning dubli hamda D’Ambrozioning goli evaziga «Inter» Ukraina klubi ustidan yirik g‘alabaga erishib finalga chiqqan.

Shuningdek, «neradzurrilar» YECHLning 2005/06 yilgi mavsum guruh bosqichiga saralashning uchinchi raundida umumiy 3:1 hisobida g‘alaba qozongandi (1:1 Milan, 2:0 Donetsk). O‘shanda «Shaxtyor»ni «Inter»ning sobiq murabbiyi Mirka Luchesku boshqargan.

Jamoalarning holati

O‘tgan mavsum «Shaxtyor» 4 yillik chempionlikdan keyin Ukraina chempionatida "Dinamo Kiyev"dan 11 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinni egalladi. Bundan tashqari mamlakat kubogi chorak finalidagi mag‘lubiyat, donetskliklarni 2014/2015 yilgi mavsumdan beri ilk bor yilni sovrinsiz yakunlashlarini ta’minlab berdi.

Jamoa YECHLga saralash bahslarida Belgiyaning «Genk» hamda Fransiyaning «Monako» jamoalarini taslim etgan holda guruh bosqichiga yo‘l oldi.

2010/11 yilgi mavsum YECHL chorak finalchisi, «Shaxtyor» 16 marta guruh bosqichida ishtirok etmoqda. Jamoa 11 mavsum guruhda qolib ketgan va shularning orasida oxirgi 3 mavsum ham bor.

«Shaxtyor» Chempionlar Ligasidagi oxirgi 20 uchrashuvidan faqatgina 4 marta g‘alabaga erishgan (8D, 8M).

«Inter» Chempionlar Ligasida g‘alaba qozongan so‘nggi Italiya klubi bo‘lib turibdi. Jamoa 10 yil oldin Yevrokuboklardagi uchinchi, 45 yil ichida ilk bor chempionligini nishonlagandi.

Bu jamoaning 15-mavsum guruh bosqichida ishtirok etishi va ketma-ket to‘rtinchi mavsum qatnashishini bilasiz. Bunga qadar (2011/12 - 2018/19) klub 6 mavsum YECHLda o‘ynamagan.

«Inter»ning musobadagi so‘nggi uch mavsumi guruh bosqichinini o‘zida yakuniga yetgandi. O‘tgan mavsum Antonio Konte jamoasi B guruhida 6 o‘yindan faqatgina bittasida g‘alaba qozonib, 6 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni egallagandi.

Ushbu yozgi transferlar oynasida Kontening o‘rni «Lasio» sobiq bosh murabbiyi Simone Inzagi bilan to‘ldirilganidan xabaringiz bor.

«Inter» Chempionlar Ligasidagi oxirgi 17 uchrashuvdan faqat uchtasida g‘alaba qozongan (6D, 8M).

 

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Istvan Kovasch (Ruminiya)

Qanot hakamlari: Vasile Marinesku, Ovidiu Artene (Ruminiya)

Zaxira hakami: Andrey Chivulete (Ruminiya)

VAR: Marko Fritz (Germaniya)

VAR yordamchisi: Ovidiu Hategan (Ruminiya)

 

Eslatib o‘tamiz, mazkur bahs bugun Toshkent vaqti bilan 21:45 da boshlanishi koz’da tutilgan.

Manba: uefa.com
Kiritildi: 08:34, 28.09.2021.
O'qildi: 1531 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.