Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 0-0 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 0-0 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

YECHL. «Bavariya» - "Dinamo Kiyev". Bog‘liqliklar

YECHL. «Bavariya» - "Dinamo Kiyev". Bog‘liqliklar

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, bugun Chempionlar Ligasi guruh bosqich 2-turi doirasida Myunxenning «Bavariya» klubi Ukraina grandi "Dinamo Kiyev"ni qabul qiladi.

Mazkur uchrashuvdan oldin bir qancha bog‘liqliklarni taqdim etamiz.

 

Bog‘liqliklar

Levandovski va Tomash Kejiora Polsha terma jamoasida birga harakat qilishadi.

Oleksandr Karavayev joriy yilning 24 mart kuni JCH-2022 saralashi doirasidagi Fransiyaga qarshi bahsda (1:1) Sergey Sidorchukka golli uzatmani amalga oshirgan. O‘shanda fransuzlar safida Kingsli Koman, Luka Ernandes hamda Benjamin Pavar maydonga tushishgan.

Mikola Shaparenko JCH saralashi doirasida 4 sentyabr kuni o‘tkazilgan Kingsli Komanning Fransiyasi darvozasiga gol urishga erishgan. Uchrashuv 1:1 hisobi bilan tugagan.

Marsel Zabitzer Yevro-2020 guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan Ukrainaga qarshi bahsda 90 daqiqa harakat qilgan. Mazkur bahsda Avstriya 1:0 hisobi bilan g‘alaba qozongan. O‘yinda Ukraina terma jamoasi uchun Georgiy Bushan, Karavayev, Ilya Zabarni, Vitali Mikolenko, Shaparenko, Sidorchuk, Viktor Tsigankov va Artyom Besedin o‘ynashgan. Ikkala terma jamoa ham nimchorak finalga yo‘l olgandi.

2020 yilning 14 noyabr kuni UYEFA Millatlar Ligasi doirasida o‘tgan Germaniya - Ukraina bahsida 3:1 hisobi qayd etilgan va mazkur o‘yinda Leroy Sane nomini tabloga yozdirib qo‘ygan, Leon Goretska esa ikki golga hammualliflik qilgan.

2020 yilning 10 oktyabrida «Olimpiskiy» stadionida o‘tgan uchrashuvda esa Goretska Germaniyaga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylanagan (2:1).

2020 yilning 7 oktyabr kuni o‘rtoqlik o‘yinida Fransiya Ukrainani 7:1 hisobida mag‘lub etgan. Tolisso ham gol urgandi. Bushan, Tsigankov, Zabarni, Mikolenko va Shaparenko ham ushbu bellashuvda qatnashishgan.

Kedjiora 2019 yilning 21 mart kuni Yevro-2020 ga saralashi doirasidagi Polsha - Avstriya o‘yinida Zabiser jamoasiga gol urgan. Levandovski ham 1:0 bilan tugagan o‘sha uchrashuvda harakat qilgan.

2011 yilning 11 noyabr kuni (11.11.11) o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida Myuller Ukraina darvozasini ishg‘ol qilgan. Bahs durang natija (3:3) bilan yakuniga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» - "Dinamo Kiyev" bahsi bugun Toshkent vaqti bilan 00:00da start oladi.

Manba: uefa.com
Kiritildi: 08:22, 29.09.2021.
O'qildi: 1397 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик