Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Yuventus» himoyachisi London jamoasi diqqat markazida

«Yuventus» himoyachisi London jamoasi diqqat markazida

Baho:
+ | -

«Yuventus» himoyachisi Luka Pellegrini jamoasini tark etishi mumkin, deb xabar bermoqda Calcio Mercato. Manbaga ko‘ra, «Vest Xem» futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, «bolg‘achilar» yozda Pellegrini bilan shartnoma imzolashga urinishgan, biroq keyinchalik futbolchi taklifni rad etgan, chunki u «Yuventus»da asosiy tarkibda qolish uchun kurashishni xohladi.

Biroq futbolchi bu borada muvaffaqiyatga erisha olmadi, endi londonliklar yana uni sotib olishga harakat qilib ko‘radi.

Eslatib o‘tamiz, Pellegrini 2019 yilda «Yuventus» futbolchisiga aylanib, «Roma» dan 22 million yevro evaziga Turinga ko‘chib o‘tgandi.

Bu mavsumda u A Seriyaning faqat bitta o‘yinida qatnashdi va maydonda 58 daqiqa o‘ynadi.

Kiritildi: 20:14, 30.09.2021.
O'qildi: 1955 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик