Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 0-0 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli - Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

«Barselona» murabbiyligi uchun 7 nomzod. Xavidan Anrigacha

«Barselona» murabbiyligi uchun 7 nomzod. Xavidan Anrigacha

Baho:
+ | -

Kataloniya klubi qanday qiyin ahvolda qolganligi barcha futbol ishqibozlariga ma’lum. Jamoaning tubdan o‘zgarishiga yangi murabbiy kerakligi ham kundek ravshan. Ronald Kuman yo‘lning oxiriga yetib keldi va “Barselona” deyarli uni iste’foga chiqarishga tayyor. “Ko‘k-anorranglilar” oxirgi mavsumlarda murabbiy tanlashda ancha ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydi. Aynan hozirgi kunga kelib ham ularga yangi murabbiy kerak. “Barselona” qaysi mutaxassisni jamoaga jalb qilishi mumkin yoki kim bunday katta missiyani amalga oshirish uchun rozi bo‘larkin? Zero, Messisiz qolgan “Blaugranas”ni botqoqlikdan olib chiqishning missiyadan kam joyi yo‘q. Quyida sizlar bilan “Kamp Nou” egalarining bo‘lg‘usi ustozi uchun nomzodlarni ko‘rib chiqamiz.

Xavi (“As-Sadd”, 41 yosh)


“Barselona” har safar o‘ziga murabbiy qidirganda birinchi nomzod albatta Xavi bo‘ladi. Ispaniyalik murabbiy o‘z futbolchilik faoliyatini kataloniyaliklarga bag‘ishlagani barchaga ma’lum. Xavi “Barselona”ni boshdan-oyoq biladigan shaxs hisoblanadi. Uning futboldagi aqliga shubha qilish noto‘g‘ri. Unda Gvardiolacha uslub bor. Uning Qatar klubida qurgan o‘yin uslubi juda yorqin ko‘rinmoqda. Har holda, “As-Sadd”da ham "tiki-taka" qura oldi. Uning o‘yin uslubi 100 foiz “ko‘k-anorranglilar”ga to‘g‘ri keladi. Bu safar ham jamoani boshqarishga nomzod sifatida qaralayotgan Xavi hamon Osiyodan qaytishga shoshilgani yo‘q. Balki, hali u “Barselona”ning murabbiyi bo‘lishga tayyormasdir. Lekin uning jamoa uchun jonkuyarligi hozir “blaugranas” uchun juda zarur. Ko‘ramiz, balki “Barselona”ning botqoqdaligini ko‘rgan Xavi bunga jim qarab tura olmas.

Marselo Galyardo (“River Pleyt”, 45 yosh)


Ushbu murabbiy haqida ko‘pchilik eshitmagan bo‘lsa kerak. Argentinalik mutaxassis ham onda-sonda omma e’tiborini o‘ziga torta olgan. Uning “River Pleyt”i Janubiy Amerika “Barselona”si desak mubolag‘a bo‘lmaydi. To‘p bilan o‘ynashni sevuvchi murabbiyning ispan futboliga hech qanday aloqasi yo‘q. O‘zining murabbiylik faoliyatida katta qadam tashlashi mumkin bo‘lgan mutaxassis “Barselona”da katta o‘zgarishlar qilishi mumkinligiga ko‘pchilik ishonmayapti. Uning statistikasi ham uncha yuqori emas. “River Pleyt” tarkibida murabbiy sifatida 357 o‘yin o‘tkazib, 188 tasini g‘alaba bilan yakunlay olgan. Lekin uning 8 yilda 12 sovrin yutgani ancha yaxshi natija. Galyardo davomiy o‘yinlardan ko‘ra ko‘proq pley-offlarda o‘zini ko‘rsata oladigan murabbiy hisoblanadi. “Barselona” sog‘ingan Chempionlar ligasi uchun aynan shunday mutaxassis kerak. Aytgancha, Galyardo Janubiy Amerikaning Chempionlar ligasi hisoblanmish “Libetadores kubogi”ni 2 bor qo‘lga kiritgan (2015, 2018). Shunday ekan Marseloni “Barselona”da ko‘rsak ajablanish kerak emas.

Antonio Konte (ishsiz, 52 yosh)



Italiyalik mutaxassis bor masallig‘dan foydalana oladiganlardan hisoblanadi. Uning yaxshi natija ko‘rsatishi uchun sharoit yaratish murakkab emas. Minimal futbolchilardan maksimal foydalanish hozirda “Barselona” uchun juda zarur. Negaki, jamoaning moliyaviy ahvoli ham tarkibi ham hozirda kuchli emas. Demak, bor kuchdan foydalanish kerak. Konte aynan shunday mutaxassis. U murabbiy sifatida ancha tajribali va yaxshigina sovrinlar yutishga erishgan. Lekin tushunarsiz holatda “Inter”dan iste’foga chiqarildi. Hozirda Kontening ishsiz ekanligi “blaugranas”ga foydali. Konte ham bunday katta jamoani boshqarishni rad etmasa kerak. Balki Konte “Barselona”ni shonli davrini qaytarib berar. Agar jamoa uni murabbiy sifatida tanishtirsa.

Marselo Byelsa (“Lids”, 66 yosh)


Ispan futbolining haqiqiy muxlisi va uni o‘zlashtirgan mutaxassisning Kataloniya grandiga yordami kerak bo‘lishi mumkin. “Lids”ni uzoq yillik tanaffusdan so‘ng Premyer-ligaga qaytara olgan mutaxassis APL grandlariga qarshi yaxshi o‘yin namoyish qilishni eplayapti. Lekin tarkiblar jihatidan ancha kamtarona ko‘rinadigan “Lids” yakunda ham hech narsa qila olmayapti. Agar, “Lids”da ham yaxshi tarkib bo‘lganida Byelsa klassi tufayli jamoa kuchlilar qatorida tilga olinardi. Argentinalik mutaxassis “Barselona”ni boshqarish ehtimoli kam. Uning jamoani qutqarishi ham qiyin. Lekin uning murabbiylikdagi bilimi tufayli “Barselona” jamoasiga taklif qilinishi ehtimoli oz bo‘lsada mavjud.

Roberto Martines (Belgiya, 48 yosh)

Ispaniyalik murabbiyning “Barselona”ni boshqarishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar mavjud. Lekin Martinesning “Barselona” uchun foydasi tegishi shubha ostida. Yulduzli Belgiya bilan birorta sovrin yuta olmagan mutaxassis uchun “ko‘k-anorranglilar" tarkibi kuchsizlik qilishi mumkin. Martines effektini ko‘rish uchun esa “Barselona”ga bir nechta katta transferlar kerak. Lekin, jamoaning moliyaviy ahvoli bunga imkoniyat bermaydi. Shunday ekan Robertodan biror narsa kutish qiyinligi jamoa rahbariyatiga ham ma’lum bo‘lsa kerak. Qolaversa, Martinesning Belgiya terma jamoasidan ketish niyati yo‘q.

Luis Enrike (Ispaniya, 51 yosh)


Enrike “Barselona”ga maksimal darajada yordam bera oladigan mutaxassis. Uning “Barselona”dagi futbolchilik faoliyati ham, murabbiylik faoliyati ham yorqin bo‘lgan. Hozir jamoaga Enrikedagi motivasiya va xarizma yetishmayotgandek go‘yo. “Blaugranas” Enrike qo‘l ostida oxirgi Chempionlar ligasini qo‘lga kiritgan. Aynan Enrike murabbiyligi davrida “PSJ”ni 6:1 hisobida yengib tarixiy "kambek" qayd etgan. Lekin, yaqinda Enrike “Barselona”ni boshqarmasligi haqida eshitdik. Ammo, “Barselona” uning hayotida muhim o‘rin tutgan jamoa. Agar rahbariyat uni yangi loyihalarga ishontira olsa va uning yordamiga muhtojligini yetkazib bera olsa, Enrike rad etmasa kerak. Balki unday bo‘lmas. Har holda u hozirgi “Barselona”ni jar yoqasidan olib chiqishga qudrati yetadigandek ko‘rinmoqda.

Anri (Belgiya milliy jamoasi yordamchi murabbiyi, 44 yosh)


Anri ham “Barselona” uchun juda ko‘p o‘yinlarda maydonga tushgan. Jamoadagi ichki muhit ham unga ancha ma’lum. Anrining murabbiylik qobiliyati haqida hozircha bir gap aytish qiyin, lekin bu uning jamoa uchun qay darajada muhimligini hal qilmaydi. Negaki, Gvardiola ham “Barselona”ga murabbiy bo‘lishidan oldin o‘zini murabbiy sifatida ko‘rsatmagan edi. Hozirda Anridan nima kutishimiz mumkinligini aytish imkonsiz. Har holda u ham “Barselona” murabbiyi bo‘lishi mumkinligi haqida mish-mishlar mavjud.

Shu o‘rinda hozircha hech kim tilga olmagan nom bilan o‘z taxminimni ham qo‘shib o‘tmoqchiman.

Erik ten Hag (“Ayaks”, 51 yosh)


Ten Hag haqida hozircha hech qanday yangilik yo‘q, lekin uning murabbiylik mahorati qanchalik sayqallanib borayotgani hammaga ma’lum. Uning “Ayaks”i bu mavsumda ham yorqin o‘yin ko‘rsatmoqda. Unda haqiqiy gollandcha total futbol uslubi mavjud. Uning ustiga, u ham bor masallig‘dan unimli foydalana oladi. Yoshlar bilan yaxshi ishlaydigan murabbiy. Frenki De Yongni u kashf etgani ham hammaga ma’lum. Hozir “Barselona”dagi moliyaviy ahvol tufayli ten Hag variant ham yomon emas. Negaki, ten Hag jamoaga “La Masiya”dan yoshlarni chaqirib bo‘lsada 1-2 yilda oyoqqa turg‘azishi mumkin. Lekin rahbariyat 1-2 yil passiv jamoaga sabr qila olarmikin, hamma gap shunda.

Bular shunchaki internetda shov-shuv bo‘lgan mish-mishlar. Balki, “blaugranas”ning yangi murabbiyi bu ro‘yxat orasida yo‘qdir, lekin yuqoridagilar aynan jamoani boshqarishi ehtimoli eng yuqorilari hisoblanadi. Xammasini vaqt ko‘rsatadi. Ko‘ramiz, “Barselona”ni kim qutqarar ekan.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:02, 02.10.2021.
O'qildi: 5257 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.