Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Mirjalol Qosimov: “Hozir hammaga ochko kerak”

Mirjalol Qosimov: “Hozir hammaga ochko kerak”

Baho:
+ | -

Superliganing 21-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” - AGMK (1:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Birinchi bo‘lim sust o‘yin ko‘rdik. Jamoalar bir-birini hurmat qilishdi. Aniqrog‘i, intizomli uchrashuv bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda shiddat, tezkorlik, jangovarlik oshdi. Uch ochko olish uchun maydonga tushgandik. Lekin... Avvalo o‘zimiz aybdormiz. Bizga hech kim chetdan kelib yordam bermaydi. Futbol shunday narsa, maydonga chiqqanda tayyorgarlik ko‘rilmaydi. “Bunyodkor” o‘tgan turda Qarshida alamli mag‘lubiyatga uchragandi. Shu bois o‘z muxlislari, rahbarlari oldida jonini berib o‘ynashini yigitlarga uqtirgandim. Futbol ikki bo‘lim o‘ynaladi. Ikkinchi taymdagi harakatni ilgariroq boshlashganida, natija boshqacha ko‘rinish olardi. Oldinda o‘yinlarimiz bor. Ana shu bahslarda faqat g‘alaba uchun to‘p tepamiz. Turnir jadvalidagi o‘rnimiz o‘zimizga bog‘liq. Turnir jadvalining yuqori va pastki qismida qiziqarli uchrashuvlar kechmoqda. Jadvalga qarab turib ham maydonga chiqib bo‘lmaydi. Hozir hammaga ochko kerak.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 07:03, 03.10.2021.
O'qildi: 1321 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик