Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/02 21:00 Al-Ahli (SA) 4-3 Shabab al-Ahli
16/02 21:00 Sharja 1-2 Nasaf
16/02 23:00 Ash-Shorta 3-2 Duhayl
16/02 23:15 Al-Hilol 2-1 Al-Vahda
16/02 23:15 Ash-Shorta - Duhayl
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd - Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa - Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy - Yuventus
18/02 01:00 Benfika - Real Madrid
18/02 01:00 Monako - PSJ
18/02 01:00 Borussiya D - Atalanta

YECHL. Angliya klublari orasida eng ko‘p marta chempion bo‘lgan «Liverpul» joriy mavsumni ham a’lo darajada boshladi

YECHL. Angliya klublari orasida eng ko‘p marta chempion bo‘lgan «Liverpul» joriy mavsumni ham a’lo darajada boshladi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, kelayotgan hafta Chempionlar Ligasi guruh bosqich uchinchi tur bahslari o‘tkaziladi. Mazkur o‘yinlar oldidan jamoalar haqida ma’lumot berishda davom etamiz.

"Liverpul"

UYEFA reytingi (2020/21 yakuni): 9

Qanday yetib kelishdi: APLda 3-o‘rin

O‘tgan mavsum: chorak final (mag‘lubiyat, umumiy 1:3 «Real»)

Yevrokuboklardagi eng yaxshi natija: g‘olib (1976/77, 1977/78, 1980/81, 1983/84, 2004/05, 2018/19)

Bosh murabbiy: Yurgen Klopp

2015 yildan beri Mersisayd klubini boshqarib kelayotgan Klopp «qizillar»ni 2018/19 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasi chempioni qildi va shundan keyingi mavsum uzoq 30 yil kutilgan APL bosh sovriniga ega chiqdi. Germaniyaning «Maynz» klubi tarkibida hujumchi pozisiyasidan himoyaga o‘tgan va murabbiylik faoliyatini aynan shu klubda boshlagan mutaxassis Dortmundning «Borussiya» klubi bilan 2 marta Bundesliga chempioni bo‘lgan va «Enfild» stadionida o‘z uy o‘yinlarini o‘tkazadigan «Liverpul» tizginini qo‘lga olgan.

Asosiy o‘yinchi: Muhammad Salah

Misrlik hujumchi 2017 yilda Rimning «Roma» klubidan «Liverpul»ga ko‘chib o‘tganidan beri jamoaning yuzi bo‘lib kelmoqda. «Bazel»da yulduz bo‘lgan vinger birinchi bor APLga 2014 yilda kelgan va «Chelsi» safida ko‘rinish bergan. Lekin, u asosiy salohiyati: tezlik, intellekt va hujumni muvaffaqiyatli yakunlash kabi mahoratlari unga Chempionlar Ligasida klub uchun 25 gol urishga yordam berdi.

Yozgi eng katta xaridi: Ibrahima Konate

«Leypsig» markaziy himoyachisi «Liverpul»ning 2021 yilgi yagona asosiy yozgi transferi bo‘ldi. 1.94 metr bo‘yga ega bo‘lgan fulbek markazda Virjin van Deyk bilan tandem bo‘lishga munosib deb ko‘rilmoqda.

O‘yinini ko‘rish kerak: Kurtis Jons

18 yoshli vinger Harvi Elliotning to‘pig‘idan jarohat olib safdan chiqishi, 20 yoshli yarim himoyachi Jons uchun «qizillar» tarkibida ko‘rinish berishi uchun imkon berdi. Chempionlar Ligasining 2 o‘yinida 109 daqiqa harakat qilgan angliyalik joriy mavsum musobaqada a’lo darajada taassurot qoldirish ehtimoli yo‘q emas. Har holda ikki o‘yinda ikki assist yomon
natija emas.



Bilasizmi?

«Liverpul» olti marta Yevropada tengsiz deb topilgan. Bu ingliz klublari orasida eng yaxshi natija hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha «Bavariya» bilan teng bo‘lsa, faqatgina «Milan» hamda «Real» jamoalari ko‘proq chempionlikni qo‘lga kiritishgan.

Jotiy mavsum Chempionlar Ligasi ikki turidan keyin Mersisayd klubi «Atletiko», «Milan», «Portu» jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan. Dastlabki turda Italiya jamoasi 3:2 hisobida taslim etilgan bo‘lsa, Portugaliyaga safar qilgan Klopp shogirdlari yirik 5:1 g‘alabasi orqali uch ochkoga ega chiqishdi. Uchinchi turda ularni «Atletiko» o‘z maydonida qabul qiladi. Bahs 19 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: uefa.com
Kiritildi: 06:43, 14.10.2021.
O'qildi: 3201 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.