Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Milliardlar qurshovida qolgan «Nyukasl»da nima yangiliklar?

Milliardlar qurshovida qolgan «Nyukasl»da nima yangiliklar?

Baho:
+ | -

Quyida bir muddat ilgari saudiyaliklar tomonidan xarid qilib ulgurgan va yaqin orada superklubga aylanishi kutilayotgan “Nyukasl Yunayted”ga aloqador bir qator xabarlarni qisqacha keltirib o‘tamiz.

Klub “Milan” yarimhimoyachisi Frank Kessiye bilan qiziqayotgani haqida Italiyaning Tuttosport nashri xabar bergan. Ayni vaqtda xavbekning milanliklar bilan shartnoma muddati yakunlanib bormoqda. Uni uzaytirish bo‘yicha esa xabarlar mavjud emas.

Angliyaning Mirror nashri xabariga ko‘ra esa saudiyaliklarning ilk yirik xaridi Harri Keyn bo‘lishi mumkin. “Tottenhem” hujumchisi uchun 150 million yevro taklif etilishi mumkin.

Mashhur insayderlardan biri Kristian Falkning tvitterda yozishicha, “Nyukasl” Timo Verner variantini ham  ko‘rib chiqmoqda. Hozirda Vernerning agentlari bilan dastlabki  muloqot olib borilayotgan bo‘lishi mumkin.

Sport.es nashriga ko‘ra, “Barselona” himoyachisi Kleman Langle “ko‘k-anorrang” libosni “oq-qora”ga almashtirishi mumkin. Yozilishicha, bu transfer qishdayoq amalga oshishi mumkin. Hozirda Katalon jamoasiga futbolchi bo‘yicha so‘rov yuborilgan.

Xuddi shu nashr “Barselona”ning boshqa bir a’zosi Fileppe Koutinyo ham ingliz jamoasi nigohiga tushganini yozmoqda.

"Yuventus" vakili Adriyen Rabyo ham Angliya jamoasi qiziqishlari doirasiga tushgan. Turinliklar uni qo‘yib yuborishga qarshi emas. Bu haqda Calcio Mercato nashri yozgan.

"Lester Siti" a’zosi Uesli Fofananing ehtimoliy transferi haqida yozar ekan ingliz nashrlari hatto aniq raqamlarni ham keltirishmoqda — 50 million yevro.

Turli nashrlarda tarqalayotgan xabarlarni umumlashtirsak “Nyukasl” bosh murabbiyi Stiv Bryus tez orada iste’foga chiqariladi. Uning o‘rniga kelishi mumkin bo‘lgan murabbiylar ro‘yxatida esa “Chelsi”ning sobiq yulduzi va murabbi Frenk Lempard, “Roma”dagi ishi bilan tanilgan Paolu Fonseka va “Borussiya Dortmund” sobiq ustozi Lyusyen Favr nomlari mavjud. Shuningdek, ba’zi manbalarning yozishicha, "Lester" ustozi Brendon Rodjers varianti ham "Nyukasl"ning yangi rahbariyati uchun qiziq ko‘rinmoqda.

Kuzatishda davom emamiz!

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 06:51, 14.10.2021.
O'qildi: 5693 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.