Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Rolando Montes: «O‘zbek boksi bilan tajriba almashish biz uchun juda muhim»

Rolando Montes: «O‘zbek boksi bilan tajriba almashish biz uchun juda muhim»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular

Ma’lum qilganimizdek, ayni kunlarda boks bo‘yicha O‘zbekiston va Kuba terma jamoalari Toshkent viloyatida qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib bormoqda. E’tiboringizga Kuba jamoasi bosh murabbiyi Rolando Montes bilan tashkil etilgan kichik suhbatni havola qilamiz:

— O‘zbekistonda yig‘in o‘tkazish fikri qachon paydo bo‘ldi?
— Tokio Olimpiadasidan so‘ng bu borada atroflicha fikrlashdik va taxminan 1 oy avval yakuniy qarorga kelindi. O‘zbekiston jamoasi bilan iliq munosabatimiz bor. Ular avval Kubaga borishgan edi, bu gal biz Toshkentga keldik. Kelajakda bu munosabatni yanada mustahkalamoqchimiz.

— Dastlabki sparring mashqlarini o‘tkazib oldik. Bokschilarimizdagi potensialni qanday ko‘ryapsiz?
— O‘zbekiston termasining har qaysi yosh toifasidagi jamoasida juda katta potensial bor. Yigitlaringiz mahorat va texnika borasida, shubhasiz, kuchli. Mamlakatingizning iqlimi, vitaminga boy mevalari va ovqatlari bokschilarni yanada kuchli qiladi.

— Ob-havo Kubaga qaraganda biroz sovuq ekani salbiy ta’sir o‘tkazmayaptimi?
— Yo‘q, bu katta muammo emas. Yig‘in professional darajada tashkillashtirilgan. Hech qanday muammoga duch kelayotganimiz yo‘q. Eng asosiysi, Sizlarda juda kuchli bokschilar bor. O‘zbek boksi bilan tajriba almashish biz uchun juda muhim.

— Siz faoliyatingiz davomida juda ko‘p Olimpiya o‘yinlarida ishlansiz. Nima deb o‘ylaysiz, Tokio-2020 boshqalari bilan qanday farq qildi?
— Hozirda boks butun dunyoda rivojlanmoqda. Jahon miqyosida o‘tkaziladigan musobaqalar saviyasi, tabiiyki, bir xil darajada emas. Koronavirus pandemiyasi bilan bu Olimpiada siklida biz o‘zimiz xohlaganchalik tayyorlana olmadik. Zamonaviy sportda yuqori darajani ushlab turish uchun biz ham o‘z ustimizda ishlab, yangilik qilib borishimiz kerak.

— Mashg‘ulotlar davomida ko‘ryapmizki, Roniyel Iglesias ko‘p bora asosiy jamoadan ajralgan holda mashq qilmoqda. U bilan individual dastur ishlanganmi?
— Yo‘q, u o‘zi tabiatan shunaqa. Roniyel jamoamizning yetakchi vakili. U yillar davomida olgan tajribasi bilan ba’zi vaziyatlarda alohida yurib o‘zini shunday tayyorlaydi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 15:33, 15.10.2021.
O'qildi: 2558 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.