Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

APL. «Tulkilar» «qizil iblislar»ga qarshi yoxud 29 o‘yindan beri mag‘lub bo‘lmayotgan MYU an’anani davom ettira oladimi? (prevyu)

APL. «Tulkilar» «qizil iblislar»ga qarshi yoxud 29 o‘yindan beri mag‘lub bo‘lmayotgan MYU an’anani davom ettira oladimi? (prevyu)

Baho:
+ | -

Bugun Angliya Premyer-Ligasi 8-turi doirasda «Lester» o‘z maydonida "Manchester Yunayted"ni qabul qiladi.

Bilasizmi?

«Lester» birinchi marta "Manchester Yunayted"ni APLning ketma-ket ikki o‘yinida mag‘lub etishi mumkin. O‘tgan mavsum may oyida o‘tkazilgan "Old Trafford"dagi bahsda 2:1 hisobi qayd etilgandi.

"Manchester Yunayted" APL doirasida safardagi ketma-ket mag‘lubiyatsiz o‘yinlari sonini 30 taga yetkazib olishni ko‘zlamoqda (19 g‘alaba, 10 durang). Ular ushbu seriyadagi oxirgi 15 uchrashuvning birortasida bittadan ko‘p gol o‘tkazib yuborishmagan. Bu APLdagi ularning eng uzun seriyasi hisoblanadi.

«Lester» hujumchisi Jeymi Vardi o‘zi o‘ynagan oxirgi 3 APL o‘yinining barchasida gol urishga erishdi. Faqatgina Jeymi Vardidan (34 yosh, 278 kunlik) Gari MakAlister 201 yilning may oyida yoshi katta futbolchi sifatida ketma-ket 4 Premyer-Liga o‘yinida gol urgan.

"Manchester Yunayted" a’zosi Jessi Lingard «Lester»ga qarshi so‘nggi 6 APL bahsida 6 golda qatnashdi (3 gol va assist). U APLda ushbu klubdan boshqa jamoaga ko‘proq golli vaziyatlarda ishtirok etmagan («Arsenal»ga ham oltita).

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Kreyg Pouson

Qanot hakamlari: Li Bitts, Den Robatan

Zaxira hakami: Endi Medli

VAR: Darren Ingland

VAR yordamchisi: Eddi Smart

 

Taxminiy tarkiblar

Lester - Shmeyxel, Perreyra, Evans, Soyunju, Bertran, Lukman, Choduri, Tilemans, Barns, Ixeanacho, Vardi

MYU - De Xea, Van-Bissaka, Bayi, Lindelyof, Shou, Pogba, MakTomini, Fernandesh, Grinvud, Sancho, Ronaldu.

 

Yo‘qotishlar

"Lester" safida asosiy yo‘qotish - Uilfrid Ndidi. Oyog‘ining son qismidan karohat olgan futbolchi oyning qolgan qismini maydondan tashqarida o‘tkazishga majbur. Bunda tashqari, Jeyms Jastin hamda Uesli Fofana ham jarohatlaridan forig‘ bo‘lishmagan.

MYU safida ikki asosiy markaziy hmoyachi Rafael Varan hamda Harri Maguayrda jarohat bor. Kavani, Reshford, Fred esa jismoniy tayyorgalik bo‘yicha tayyor emas. Amad Diallo ham mazkur bahsda ishtirok eta olmaydi.

 

Raqamlar

MYU APL doirasidagi oxirgi 29 safar bahsida mag‘lubiyatga uchramagan.

«Lester»ning Premyer-Ligadagi so‘nggi 6 o‘yinidan beshtasida 2,5 tadan ko‘p gol kiritilgan.

«Tulkilar» Angliya chempionatining oxirgi 3 uchrashuvida kamida ikkitadan gol o‘tkazib yuborgan.

"Manchester Yunayted" barcha musobaqalarda «Lester» bilan oxirgi 3 uchrashuvda kamida ikkitadan gol o‘tkazib yuborgan.

Jamoalar APLda o‘zaro 30 marta to‘qnash kelishgan. Mankunianliklar hisobida 19 g‘alaba mavjud bo‘lsa, «Lester» 3 ta bahsda g‘alaba qozongan. 8 bellashuvda durang natija qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur o‘yin bugun Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 07:20, 16.10.2021.
O'qildi: 2860 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.