"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Angliya Premyer-Ligasi 8-turidan o‘rin olgan «Lester»ga qarshi safar o‘yinidan oldin matbuot anjumanida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Xalqaro tanaffusdan keyin, norvegiyalik mutaxassis jamoa to‘plangan. Bu mavsum yakunida musobaqa bosh sovrinini qo‘lga kiritish uchun kutilgan darajadagi o‘yin ko‘rsata olish imkonini beradi deb hisoblamoqda.
«Qizillar» ayni vaqtda APL musobaqa jadvalining to‘rtinchi pog‘onasida borishmoqda. 7 turdan keyin jamoa hisobida 14 ochko mavjud - yetakchi «Chelsi»dan 2 ochko kam.
Sulsher mavsum startida ochkolar to‘plash bo‘yicha yaxshi harakat qilgani va dastlabki 14 o‘yinlik taqvim "Manchester Siti" va «Liverpul»ga qaraganda ancha qulay bo‘lganini tan oldi.
"Siz ochkolar yo‘qotgan holda mavsum yakunida chempionlikni kuta olmaysiz, bu haqiqat", - deya Ole media tomonidan unga berilgan savolga javob berishdan boshladi.
"Lekin ochko yoq’otmaslik maqsadida siz har bir o‘yinga jiddiy yondashishingiz va "Aston Villa" va «Everton» singari jamoalar juda ham yaxshi tayyorgarlikka ega deb hisoblashingiz kerak.
Biz o‘zimiz munosib bo‘lgandan ko‘ra, ko‘proq ochko ishlagan vaqtimiz bo‘ladi. Balki, bu «Vulverxempton»ga qarshi safar o‘yin bo‘lishi mumkin. Agar o‘sha o‘yinda 1 ochko bilan qaytganimizda, buni qabul qilish mumkin edi. Chunki, biz o‘sha bahsda g‘alabaga munosib emas edik.
Ammo, boshqa tomondan «Everton» va "Aston Villa"ga qarshi bahslarda g‘alabaga ko‘proq haqli edik. Bundan shuni xulosa qilish ham mumkini, biz yaxshi o‘ynay olmaganimiz uchun 3 ochkoni ham qo‘lga kirita olmadik".
"Manchester Yunayted"ning keyingi 6 uchrashuvi jamoaning chidamliligini sinovdan o‘tkazadi. «Lester»ga qarshi bahsdan keyin mankunianliklar hafta o‘rtasida «Atalanta» bilan kuch sinashsa, kelasi yakshanba «Liverpul» mehmon bo‘ladi.
Undan keyingi hafta «shporlar»ga qarhi o‘yin uchun poytaxtga tashrif buyuradigan MYU, oradan bir necha kun o‘tib, «Atalanta» bilan bellashuv uchun Italiyaga sayohat qiladi. Xalqaro tanaffusga chiqib ketish oldidan, "qizil iblislar" hamshahri "Manchester Siti" bilan bellashadi.
Markus Reshfordning safga qaytishi va Harri Maguayning kelgusi bahslarda qatnasha olishini tushungan holda Sulsher mavsum oxirida chempionlik uchun kurashni saqlab qolish maqsadida o‘yin sifati emas, ko‘proq ochkolar muhim omil bo‘lishini ta’kidlamoqda va uning fikricha ushbu yo‘l bugun "King Power" stadionida boshlanadi.
"O‘zimni fikrimga asoslanib gapirsam, yaxshi o‘yin har doim ham sovrin va chempionlikni kafolatlamaydi. Shunday ekan, may oyida yuqori pog‘onada borishimiz uchun ham ochkolarni qo‘lga kiritishimiz kerak. Bu bizning ko‘zlayotgan maqsadimiz.
Bizning bor e’tiborimiz faqatgina «Lester» bilan bahs uchun qaratilgan. Boshqa hech narsa. «Liverpul», «Tottenxem» va "Manchester Siti" haqida o‘ylayotganimiz yo‘q, ular bilan o‘yinga ham oz qolayotganini bilyapmiz, lekin bizda har bir o‘yin uchun dam olib, tiklanish va tayyor bo‘lish hamda g‘alaba qozonish uchun yetarlicha vaqt bor", - deya fikrlarini bildirib o‘tdi Sulsher.
Eslatib o‘tamiz, «Lester» - MYU bahsi bugun Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanishi rejalashtirilgan.