Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

Ashraf Hakimiy: «Madrid»dan ketishimga Zidanning daxli yo‘q»

Ashraf Hakimiy: «Madrid»dan ketishimga Zidanning daxli yo‘q»

Baho:
+ | -

Ashraf Hakimiy - Yevropa futboli yangi mavsumining eng katta sensasiyalaridan biri sababchisi. «PSJ» marokashlik himoyachi transferiga naq 60 million yevro to‘ladi. To‘g‘ri, bu Parij grandining joriy mavsum arafasida amalga oshirgan eng qimmatbaho kelishuvi emas. Asosiy fakt shuki, Hakimi jamoa tarkibini sezilarli darajada kuchaytirdi. Har holda, Ashraf Liga 1ning ortda qolgan o‘yinlarida 3ta gol urishdan tashqari, yana 2tasiga assistentlik qilishga ham ulgurdi. «Real» va «Inter»ning sobiq himoyachisi yaqinda L'Equipe nashriga bergan intervyusida bolaligini esga oldi, yana «Madrid» bilan xayrlashish oldidan Zayniddin Zidan bilan bafurja gaplashganini alohida ta’kidladi.

«Madrid»ning asosiy  jamoasiga ilk chorlov

- Do‘stlarim bilan uyimiz oldidagi o‘rindiqda chaqchaqlashib turganimizda, telefonim birdan jiringladi. Qarasam - Zidan raqami! Go‘shakni ko‘targanim hamono u asosiy tarkibda o‘ynashimni aytdi. To‘g‘risi, o‘sha vaqt buni sira kutgan emasdim.

«Madrid»dan ketishi oldidan Zidan bilan suhbat

- Avvalo, aytishim kerak, Zidandan juda ko‘p narsalarni o‘rgandim. 2020 yilgi xayrlashuv voqeasining unga umuman aloqasi yo‘q. Demoqchimanki, «Qirollik klubi»dan ketishimga boshqa omillar ta’sir qilgandi. Bu birinchi navbatda, COVID talvasasi va «Real» rahbariyati bilan bog‘liq. Ha, ketish oldidan Zizu bilan alohida gaplashdim, ammo o‘sha suhbat tafsilotlari oramizda qoladi. Faqat shuni aytishim mumkinki, u bu masalada boshqacha o‘ylagandi.

Mbappe bilan do‘stlik rishtalari

- Ikkimiz ham hali yoshmiz, umumiy jihatlarimiz ko‘p. Deylik, bir xil narsalarni yoqtiramiz. O‘rtamizda shakllangan do‘st­lik maydonda bir-birimizni yaxshi tushunib, yanada yaxshi o‘ynashimizga yordam bermoqda. Ochig‘i, «PSJ»dan tashqari, «Chelsi»dan ham manfaatli taklif olgandim. Lekin aynan Parijga yo‘l olishim, bu jamoada chinakamiga baxtli bo‘lishimni his qildim. Chunonchi, bosh murabbiy Pochettino bir necha yil oldin meni «Tottenxem»da ham ko‘rishni xohlagandi.

Messi bilan birga o‘ynashga munosabat

- Boshqalar qatori Messining «Barselona»dan ketishini aslo kutmagandim. Shu kunga qadar ko‘plab ajoyib futbolchilar davrasida o‘ynadim, lekin Messi bilan hamkorlik yetishmayotgandi. Bu men uchun orzu edi. Leoning xatti-harakatidan lol qolyapman - u sodda va sokin yigit...

Marokash terma jamoasini tanlaganiga izoh

- Marokash - bu mening madaniya­tim: uyda arabcha gaplashardik, milliy taomlarni tanovul qilardik. Umuman, amalda musulmonman. Otam bilan hamisha Marokash futbolini tomosha qilardim. U mamlakat tarixidagi buyuk futbolchilar haqida ko‘p gapirib bergan. Marokash milliy jamoasidan birinchi marta qo‘ng‘iroq qilishganida, 14 yoshli bolakay edim. Tabiiyki, ortiqcha o‘ylab o‘tirishga hojat yo‘q edi. Keyinchalik ma’lum darajada Ispaniyaga bog‘landim, ammo hamisha Marokash termasida o‘ynash haqida o‘ylardim. Muhimi, mamlakatda meni juda yaxshi kutib olishdi, jamoada o‘zimni erkin his qilyapman. Parijga ko‘chib o‘tishimning sabablaridan biri ham shu - «PSJ» mahalliy arab-musulmonlar jamoasi. Bu klubda madaniy jihatdan o‘zimni uydagidek sezishimni oldindan bilgandim.

Bolalik xotiralari

- Baxtli bolalikni boshdan kechirdim - hech qachon muhabbatga zoriqmagan va murakkab davrni ko‘rmaganman. Ota-onam akam, sing­lim va men uchun farovon bolalik yaratishga harakat qilishgan. Ular bizni o‘ylab, Marokashdan chiqib ketib, Ispaniyada yashashdi, bunda yangi tilni o‘zlashtirishlariga to‘g‘ri keldi. Har doim Xetafadagi uyimizda xotirjam o‘ynaganman. Ko‘pincha to‘pni o‘zim bilan olib yurardim, chunki futbolga aqldan ozadigan darajada mehr qo‘ygandim. Hozir ham shundayman. Esimda, «Xetafe» klubi mashg‘ulotlar maydoniga borib, futbolchilardan surat yoki eski butsalarini so‘rardim. Jamoada bir yil o‘ynagan marokashlik Abdul Barrada bilan birga suratga tushganman, uni haligacha avaylab saqlayman: Abdul o‘z avtomobilida, men uning yonida. O‘sha suratga qarab o‘zgacha ilhomlanardim, chunki uni futbolchi sifatida yoqtirardim. Barrada vaqtida Marokash milliy jamoa­sida ham zo‘r o‘ynagan.

«Madrid» saboqlari

- «Real Madrid» - bu bolaligim. Shu klub tufayli bugungi darajaga yetdim. 12 yildan ko‘proq vaqt Madrid tizimida yashadim va klubdan bir umr minnatdorman. Hozircha menda «Qirollik klubi»da muvaffaqiyat qozonish imkoniyati yo‘q, lekin kelajakda bizni nimalar kutayotganini hech kim bilmaydi...

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:00, 16.10.2021.
O'qildi: 1500 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.