Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Mashhurlar tanlovi: yulduzlar qaysi butsalarni hush ko‘rishi haqida

Mashhurlar tanlovi: yulduzlar qaysi butsalarni hush ko‘rishi haqida

Baho:
+ | -

Hozirgi futbol juda katta moliyaviy qudratga erishdi. Ushbu sport turidan marketing maydoni sifatida foydalanish ham keng ommalashgan. Xususan, klub formasini tayyorlovchi firmalar shu orqali o‘zi uchun jahonning ko‘plab nuqtalaridan xaridor orttiradi.
Futbolchilarning maydondagi asosiy qurollaridan biri bu ularning butsalaridir. Bu anjom APL futbolchilarining chiqishlarida asosiy rol o‘ynay boshlaganiga ancha bo‘lgan. Quyida mana shu mavzu haqida gap boradi.

Mashhur futbolchilar katta kompaniyalar bilan bitim tuzish orqali reklama bilan shug‘ullanishidan hammaning xabari bor. Masalan, Krishtianu Ronaldu va Muhammad Saloh kabi katta yulduzlar Nike va Adidas firmalari bilan homiylik qilib, yiliga millionlab daromad ko‘rishadi. Ammo, hech o‘ylab ko‘rganmisiz, Angliya chempionatida futbolchilar tomonidan kiyiladigan eng mashhur futbol butsalari qaysilar? Bu borada
Football Boots Ma’lumotlar markazidan olingan xabarlar bilan sizlarni tanishtiramiz. Eng avvalo "MYU" afsonasi Ronaldu tanlovi haqida. Ajablanarlisi shundaki, APLning 111 ta o‘yinchisi asosan bir xil tipdagi butsalarni afzal ko‘rishar ekan. Bu Nikening Mercurial versiyasidir. Ushbu mahsulot Yevropada Kilian Mbappe hamda Erling Xoland tomonidan ham foydalaniladi. Bu borada Ronalduning tanlovi boshqalarnikidan farq qiladi. U Mercurial Superfly VIII Elite CR110, maxsus butsasidan foydalanadi. Uning narxi Angliyada 250 funtga teng. Uning hozirgi jamoadoshlari Bruno Fernandesh hamda Markus Reshfordlar ham aynan Mercurial versiyasini tanlashgan. "Arsenal" hujumchisi Obameyang esa Superfly(Nike) kategoriyasining Heritage turkumiga mansub, 375 funtlik butsani yaxshi ko‘radi.

Keyingi butsalar turkumi Adidasning "X" versiyasi hisoblanadi. Ushbu butsalardan APLda 106 ta futbolchi foydalanadi. Xususan, "Liverpul" forvardi Muhammad Saloh "X" versiyasining Speedflow.1 turini kiyishni ma’qul ko‘radi. Ushbu mahsulotning bozordagi narxi 180 funtga teng. "Tottenxem"ning Adidas atleti Son esa Speedflow+ variantini tanlagan. Ushbu butsalar biroz qimmatroq, 230 funtdan sotiladi.
Pleymeykerlar uchun sevimli bo‘lgan butsa turi Nikening Phantom GT versiyasidir. Ushbu oyoqkiyimlar dunyoga mashhur 72 ta APL futbolchisi tomonidan doimiy foydalaniladi. Jek Grilish, Fil Foden, Kevin De Bryune va Meyson Mountlar aynan shunday butsa ishqibozidir. Ushbu mahsulotning pleymeykerlar uchun qulay tomoni shundaki, u kiyilgan oyoqning nazoratini maksimal darajada ushlab turadi. Bu butsalarning bozordagi narxi 185 funtdan boshlanadi.

Adidas dunyoga mashhur va qadimiy kompaniyalardan biridir. Uning Predator turkumiga mansub butsalar ishlab chiqarishi 27 yil oldin, ya’ni 1994 yildan boshlangan. Ushbu mahsulot uzoq yillar davomida takomillashtirib kelinmoqda. Shu sabab APLning 51 futbolchisi bu butsalardan foydalanishda davom etmoqda. Ularning ichida eng katta nom bu Pol Pogbadir. Pogba Predatorning maxsus, 300 funtlik versiyasini YECHL bahslarida ishlatadi. Qolaversa, turnirning ko‘plab darvozabonlari bu versiyaning Freak+ turkumidan foydalanishadi. Ular ichida "Arsenal" darvozaboni Aaron Reymzdeyl ham bor.

Yaqin yillarda New Balance kompaniyasi futbol poyabzali bozoriga kirib keldi va tezda ommalashdi. Shunga qaramay, Premyer-ligada faqat sakkizta futbolchigina bu firma mahsulotidan foydalanadi, xolos. New Balance`ning Furon versiyasini hozirda Bukayo Saka, Rahim Sterling va Sadio Mane kabi taniqli nomlar kiyishadi. Ushbu versiyaning narxi taxminan 180 funt atrofida va siz uni dunyoning istalgan burchagidan turib buyurtma qilishingiz mumkin.

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 19:01, 18.10.2021.
O'qildi: 3117 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.