Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/11 00:45 Inter 1-0 Venetsiya
04/11 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Betis
04/11 19:00 Al-Vasl 1-1 As-Sadd
04/11 21:00 Al-Ahli (SA) 5-1 Ash-Shorta
04/11 21:00 Persepolis 1-1 Al-G‘arafa
04/11 22:30 Empoli 1-0 Komo
04/11 22:30 Parma 0-1 Jenoa
04/11 23:00 Al-Hilol 3-0 Istiqlol
05/11 00:45 Lasio 2-1 Kalyari
05/11 01:00 Selta 1-0 Xetafe
05/11 01:00 Fulhem 2-1 Brentford
05/11 13:00 Sentrel Kost - Shanghai Shenhua
05/11 15:00 Kavasaki Frontale - Shangxay Port
05/11 15:00 Vissel Kobe - Kvangju
05/11 17:00 Johor Dorul Ta'zim - Ulsan Xyonde
05/11 19:00 Paxtakor - Ar-Rayyan
05/11 23:00 An-Nasr (SA) - Al-Ayn

Gvardiola: "Ular karantindan qochish uchun ham Belgiyaga yo‘l olishdi"

Gvardiola: "Ular karantindan qochish uchun ham Belgiyaga yo‘l olishdi"

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola bir necha soatlardan keyin boshlanadigan «Bryugge»ga qarshi bahsdan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Manchester Siti" bazasiga emas, to‘g‘ri Belgiyaga uchib borgan Ederson va Gabriyel Jezus vaksina qilinishining o‘rniga bugungi uchrashuv uchun tayyorgarlik ko‘rishni boshlab yuborishdi.

Qayd etish kerak, Braziliyadan Angliyaga uchgan futbolchilar 10 kun davomida karantinda bo‘lib uchrashuvlarda qatnasha olishmaydi. Ammo, mazkur futbolchilar Belgiyaga uchganlari sababli bunday cheklovni chetlab o‘tishdi. Gvardiola ham bu haqda fikrlarini bildirdi.

"Ular hozir Belgiyada. O‘ylashimcha, ular o‘ynay olishadi, buni menga aytib o‘tishdi. Ammo, qanday vaqtda mashg‘ulotlarda qatnashishga vaqtimiz borligini ko‘rib chiqamiz.

Chunki, bu yerda mashg‘ulot olib borishimiz kerak. Ular bu yerda bo‘lishmaydi, shuning uchun bu haqda o‘ylab ko‘rishim lozim. Biz ularni u yerdagi Belgiyaga yubordik. Sababi, «Bryugge»ga qarshi bahsning ertasi qayta olishadi va normal hayotda davom etishadi. Agar, ular Manchesterga to‘g‘ri uchib kelishganida, bir mehmonxonada 10 kun karantinga olinishardi.

Biz buni istamaymiz, shuning uchun ular Belgiyaga uchib ketishdi. Balki, ular o‘ynay olishar, bu albatta xushxabar. Bundan keyingi o‘yinlarning hammasiga («Brayton», "Vest Xem") ular tayyor bo‘lishadi".

«Bryugge»ga qarshi o‘yin oxirgi marta PSJga uchralgan mag‘lubiyatdan (0:2) keyin o‘z mavqeiga qaytib olish uchun yanada muhim ahamiyat kasb etdi.

A guruhidagi ikki o‘yindan keyin ayni vaqtda PSJ 4 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Faqatgina gollar nisbati evaziga parijliklardan ortda borayotgan belgiyaliklar uchinchi o‘rindagi «Siti»dan bir ochko ilgarilab ketgan. Ispaniyalik mutaxassis bu haqda ham to‘xtalib o‘tdi.

"Bosimni yaxshi ko‘raman. Nima qilishimiz kerakligini bilaman. G‘alaba qozonishimiz zarur. Buni bilamiz. Biz har doim xavf ostida yashaymiz. Endi dam olamiz. Ko‘p vaqtimiz qolmadi. O‘yinga yaxshi tiklangan holda, tayyorgarlikni davom ettiramiz. Bo‘ldi".

Manba: mancity.com
Kiritildi: 20:14, 19.10.2021.
O'qildi: 3700 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.