«Inter» bosh murabbiyi Simone Inzagi «Yuventus»ga qarshi bahsdan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bu biz gol o‘tkazib yuborishimiz mumkin bo‘lgan yagona yo‘l edi. Biz natijadan mamnun emasmiz, chunki o‘yin boshidan oxirigacha yaxshi o‘tkazdik va «Yuventus»ga imkoniyat bermadik. Ikki ochko yo‘qotdik, bundan xursand emasman. Bosh hakam vaziyatdan bir necha metr narida turgan edi, hammasi yaxshi ekanligini aytgandi va keyin uni chaqirishdi".
"Bizni 95 daqiqa davomida ortimizda turib qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimiz va top jamoaga qarshi o‘yinni nazorat qilgan futbolchilarimizni xafa qiladigan natija. O‘yinda hech bir jabhada ortda qolmadik. Boshidan oxirigacha yaxshi o‘yin ko‘rsatdik".
"Biz o‘z o‘yinimizni namoyish etdik, chunki buni qilishni uddaladik. Birinchi bo‘limda maydon bo‘ylab bosim uyushtirdik. Qattiq ishladik va «Yuventus» bir qancha xavfli o‘yinchilarni maydonga tashlashini bilib turgandik. Juda zich harakat qildik va ikkinchi bo‘limda ancha chuqur o‘ynadik, ammo chindan ham juda yaxshi jamoaga hech qanday imkoniyat qoldirmadik".
"Butun jamoa maydonda yaxshi himoyalandi. Bugungi yagona xafa qiladigan narsa - bu natija. Bu biz uchun og‘ir. Perishichni maydondan olganimga kelsak, uning mushaklarida charchoq alomatlari bor edi va tanaffusda massaj stoliga ham yotdi. U menga hammasi yaxshi ekanligiga ishora qildi, lekin uning sariq kartochkasi ham bor edi. Keyin Federiko Keza maydonga tushdi.
Mehmonlarga hech qanday imkoniyat bermagan holda o‘yin tugashiga bir necha daqiqa qolganida penaltidan gol o‘tkazib yuborish alamli holat".
«Inter» himoyachisi Stefan De Vray ham o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.
"Natijadan juda ham xafsalamiz pir bo‘ldi. G‘alabaga juda yaqin kelgandik, ammo o‘yinimizdan mamnunmiz. O‘z o‘yinimizni ko‘rsatdik. Hafta davomida himoya chizig‘ida qattiq mehnat qildik va bu bizga ko‘plab qarshi hujumlar qilish imkoniyatini beradi. Bu borada yaxshi ishladik va biroz o‘yinni tashlab qo‘ydik. 80-daqiqada ham oldinda bora turib, keyin hisob tenglashishi alamli. O‘yinni hal qiluvchi nuqtasi Maurisio Marianining bahs yakunida penalti belgilashi bo‘ldi. Voqelikka yaqin turgandim va bu yerda hech narsa yo‘q edi, deb o‘ylayman. Ammo, hakam VAR ga murojaat qildi va penalti berdi. Endi biz «Empoli» bilan o‘yinga e’tibor qaratamiz. Bu g‘alabamizning kaliti hisoblanadi".