Kirish Ro'yxatdan o'tish

Belgrad-2021. Do‘smatov Bibosinovga yutqazdi

Belgrad-2021. Do‘smatov Bibosinovga yutqazdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Serbiyadagi boks bo‘yicha jahon chempionatining 51 kg. vazn toifasidan finaldan oldingi final jangi bo‘lib o‘tdi. Hasanboy Do‘smatov va qozog‘istonlik Saken Bibosinov o‘rtasida bahs qiziqarli kechdi.

Birinchi raund tengma-teng zarbalar ostida kechdi. Hakamlarning 4 nafari qo‘shni yurt bokschisining ustunligini qayd etdi.

Hamyurtimiz ikkinchi raundda faollikni oshirdi va zarbalar soni va sifatini oshirdi. Shunga qaramay, bu safar hakamlarning ikki nafar Hasanboyga, uch nafari esa Sakenga ustunlikni berdi.

Do‘smatov so‘nggi raundda tavakkalchilikka borib, nokaut uchun ishlashga harakat qildi. Hattoki raqibning qoshini yordi. Ammo so‘nggi bo‘limni hakamlar Bibosinovga berishdi.

Yakuniy baho — 0:5 (28:29, 28:29, 28:29, 27:30, 27:30). Do‘smatov JCHni erta tark etdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:20, 26.10.2021.
O'qildi: 6022 marta.
Fikrlar: 62 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик