Angliyaning "Brayton" klubi hujum uchun yangi qon izlamoqda. "AS" nashrining xabariga ko‘ra, janubliklar Portugaliyaning "Benfika" jamoasi futbolchisi Darvin Nunyes bilan mavsum so‘ngida shartnoma tuzishga harakat qiladi.
Urugvay terma jamoasi a’zosi o‘tgan mavsumdagi ajoyib harakatlari sabab, gigantlar e’tiboriga tushgan edi. U uchun "Atletiko" hamda "Valensiya" ham qiziqish bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Potter boshchiligidagi "Brayton" bu mavsumni yaxshi boshlagan edi. Hozirda jamoa APLda 15 ochko bilan 5 o‘rinda bormoqda.