Myunxenning «Bavariya» klubi himoyachisi Yozua Kimmixning koronavirusga qarshi emlanishdan bosh tortgani ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.
Futbolchining o‘zi bu borada aks qarorga ega. U vaksinaning foydalari haqida to‘liq ishonchi komil emas. Biroq Yozua kambag‘al mamlakatlarga vaksinaning turli dozalarini jo‘natishda homiylik qilgan. Ayni paytda emlanishning oqibatlaridan jiddiy xavotirda.
“Mening vaksina haqida to‘liq ishonchim komil emas. Albatta, men o‘z mas’uliyatimni his qilganman va barcha choralarga rioya qilaman, jumladan, har ikki-uch kunda testlarda ishtirok etmoqdaman. Lekin har kim o‘zi uchun qaror qabul qilishi kerak. Biroq, bu meni vaksinaga qarshiligimni anglatmaydi.
Men hech qachon emlanmayman, deb qat’iy aytmoqchi emasman. Ammo buning qachon amalga oshishini bilmayman. Bu biroz keyinroq sodir bo‘lishi mumkin", - deb tushuntiradi Kimmix.
Kimmixning ushbu so‘zlari bir zumda barcha yirik ommaviy axborot vositalari tomonidan ancha jiddiy qabul qilib olindi va ko‘plab nemis siyosatchilari tomonidan sharhlandi. Jumladan, Germaniya sosial-demokratik partiyasi sog‘liqni saqlash bo‘yicha eksperti Karl Lauterbaxning bunga tanqidiy munosabati quyidagicha:
“Uning emlanmagani bu juda yomon. Kimmix - ajoyib futbolchi. U kovidga qarshi turli aksiyalar olib boradi, qashshoq mamlakatlarga yordam beradi. Lekin pandemiyaga nisbatan jamiyatda keskinlik kuchaymasa vaziyat yomonlashib boraveradi. Bu uning shaxsiy qarori. Bu masala bo‘yicha biz unga bosim o‘tkaza olmaymiz. Lekin uning ommaga bu qadar aks ta’siri qolgan jamoadoshlariga va katta futbolga salbiy ta’sir ko‘rsatadi», — deydi ekspert.
Kimmix hali koronavirusga qarshi emlanmaganini tan olgan - u buni «uzoq muddatli tadqiqotlar borasida kamchiliklar ko‘pligi» bilan izohladi. Ammo kelajakda emlanishi mumkinligini ham istisno qilmadi.
«Futbolchilar qanchalik yuqori maosh olishmasin, qonun-qoiada barchaga barobar. Ularning haq-huquqlari oddiy ishchilarniki bilan bir xil pozisiyaga birlashishlari kerak. Lekin Kimmixni ham qoralamoqchi emasman. U o‘z xohish-irodasidan kelib chiqib qaror chiqaradi”, - deydi Lauterbax.
Emlash bo‘yicha Germaniya ekspertlar kengashi rahbari Tomas Mertens ham yuqoridagi gaplarga qo‘shiladi: «Yozua Kimmixning futbolchi sifatidagi mahoratiga albatta, shubha qilib bo‘lmaydi, ammo u emlash jarayonlarida obro‘sini ancha pastga tushirdi», - deydi virusolog.
Ammo shuni ham ta’kidlash kerakki, emlanmaslikning uzoq muddatli yomon ta’siri yo‘q yoki bo‘lsa ham juda kam uchraydi, bu ko‘plab tadqiqotlar bilan tasdiqlangan. Kyolndagi Germaniya sport universiteti professori Ingo Frobose Yozuani yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlari haqida ogohlantirdi: «Unda kutilishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar pragnozi juda yuqori. Emlanmagan sportchilar bilan bog‘liq katta muammolar post-koksikulyar sindromidan kelib chiqadi.
Eng yomoni, bu futbolchining karyerasini tugashiga olib kelishi mumkin - bu biz hozir kuzatayotgan boshqa sportchilar bilan sodir bo‘lgan va fakt». Professor hatto Kimmixning so‘zlarini eshitishni ham xohlamaydi: «U shu ketishda davom etmoqchi bo‘lsa qattiq adashadi. Albatta, aks ta’siri umuman yuzaga kelmasligi ham mumkin. Lekin u faqat eng og‘ir reaksiyalarga sabab bo‘ladi».
Shuningdek, ushbu voqeaga «Bavariya» prezidenti Gerbert Xayner ham o‘z munosabatini bildirdi. U emlanishni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi, ammo har bir kishida tanlash huquqi borligini ham eslatib o‘tadi.