Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Ulug‘bek Baqoyev: «Balki o‘yin tomoshabop o‘tmagandir, lekin kurashlarga boy bo‘ldi»

Ulug‘bek Baqoyev: «Balki o‘yin tomoshabop o‘tmagandir, lekin kurashlarga boy bo‘ldi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi chorak finalidan o‘rin olgan «So‘g‘diyona» – «Nasaf» (0:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Ulug‘bek Baqoyev fikrlarini bildirdi.

— Kubok o‘yini bo‘lgani bois bahs jangovar ruhda kechdi. Xato qilishga haqqimiz yo‘q edi. Ammo bu – futbol. Birinchi taymni misol qilsak, bir nechta vaziyatlarimiz bo‘ldi, biroq ulardan unumli foydalana olmadik. O‘ylashimcha, ayrim futbolchilarga mahorat yetishmadi. Yigitlarga harakatlari uchun minnatdorlik bildiraman. Ularga hech qanday e’tirozim yo‘q.

— Bahodir Nasimov va Umar Eshmurodov to‘qnashuvidan keyin hakam aybdorga qizil kartochka bermadi. «So‘g‘diyona» bu bo‘yicha shikoyat yozadimi?
— Hakamlarga baho beradigan qo‘mita bor. Hozir bunga izoh berishim qiyin.

— «So‘g‘diyona»ga shijoat yetishmadi. Bu hayajon bilan bog‘liqmidi?
— Ehtimol, ruhiy tarafdan shunday bo‘lgandir. Futbol xatolar ustiga quriladi. Unda kim ko‘p xato qilsa, o‘sha yutqazadi.

— O‘yinni boshqarib borgan hakamlardan ko‘nglingiz to‘ldimi?
— Hakamlarga nisbatan e’tirozim yo‘q, chunki bu o‘yin endi tarixga aylandi. Faqat futbolchilarga e’tirozim bo‘lishi mumkin.

— «So‘g‘diyona» – «Nasaf» va shu kabi to‘qnashuvlar o‘zbekistonlik murabbiylarda tajriba oshishiga xizmat qiladimi?
— Har bir futbolchi bor e’tiborini ham ruhan, ham jismonan o‘yinga qaratsa, uchrashuv qizg‘in ko‘rinish oladi. Hech kim maydonda mag‘lub bo‘lgisi kelmaydi. Bugun shuni ko‘rdik, har ikki jamoa yutqazishni xohlamadi. Balki tomoshabop o‘tmagandir, lekin kurashlarga boy bo‘ldi.

Manba: https://t.me/fcsogdianajizzak
Kiritildi: 21:28, 29.10.2021.
O'qildi: 2407 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.