Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

APL. «Liverpul» o‘tgan mavsum yengga olmagan raqibiga qarshi o‘ynaydi (prevyu)

APL. «Liverpul» o‘tgan mavsum yengga olmagan raqibiga qarshi o‘ynaydi (prevyu)

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-Ligasi 10-turidan o‘rin olgan «Liverpul» va «Brayton» jamoalari o‘rtasidagi bahsdan oldin qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Bilasizmi?

«Liverpul» Angliya chempionatining oxirgi 2 o‘yinida «Uotford» va "Manchester Yunayted" jamoalari ustidan bir xil 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu ketishda ular ketma-ket 3 APL o‘yinida 5 va undan ko‘proq to‘p farqi bilan g‘alaba qozongan uchinchi jamoaga aylanishlari mumkin. Bunga qadar 2010 yilda «Chelsi» va 2017 yilda "Manchester Siti" ushbu ko‘rsatkichni qayd etishgan.

Muhammad Salah o‘tgan turda "Manchester Yunayted" darvozasiga uchta to‘p yo‘lladi va joriy mavsum APLdagi gollari sonini 10taga yetkazib oldi. Natijada, u jamoasining mavsumdagi 10-o‘yinidan oldin ikki xonali gol urgan APL tarixidagi uchinchi futbolchiga aylandi. 1995/96 yilgi mavsum «Nyukasl» a’zosi bo‘lgan Less Ferdinand va o‘tgan mavsum «Everton» hujumchisi Kalvert-Lyuin shu ishni uddalashgandi.

Premyer-Liga doirasida «Liverpul»ga qarshi birinchi 6 bahsning barchasida mag‘lub bo‘lgan «Brayton», o‘tgan mavsum «qizillar» bilan 2 uchrashuvda 4 ochko to‘pladi va fevralda o‘tkazilgan safar o‘yinida 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

«Brayton» o‘yinchisi Aleksis MakAllister joriy mavsum APLning 7 o‘yinida 2 gol urdi. Taqqoslash uchun, u ushbu musobaqaning birinchi 30 o‘yinida bitta gol urgan edi. Uning APLdagi uchta goli zaxiradan maydonga tushganida kiritilgan.

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Mayk Din

Qanot hakamlari: Eddi Smart, Mark Skoulz

Zaxira hakami: Kris Kavanag

VAR: Kevin Frend

VAR yordamchisi: Simon Bek

 

Jamoalar mazkur bahsni quyidagi tarkib bilan boshlashi taxmin qilinmoqda.

Taxminiy tarkiblar

«Liverpul»: Alisson, Arnold, Konate, van Deyk, Robertson, Jons, Xenderson, Keyta, Mane, Jota, Salah

«Brayton»: Sanches, Veltmen, Dank, Vebster, March, Grou, Lallana, Moder, Kukulerella, Moupay, Trossard

Jamoa yangiliklari

Nabi Keyta MYUga qarshi o‘yinda olgan qo‘rqinchli jarohatidan super darajada tiklandi va Klopp uning mazkur bahs uchun tayyor bo‘lishidan umid qilmoqda. Tiago ham jamoa mashg‘ulotlariga qaytggan, ammo uning eng yaxshi holatida ham zaxirada o‘tirishi mumkin. Fabinyo esa jarohatidan tuzalmagan va «Brayton»ga qarshi o‘yinda ,urabbiy tavakkal qilmaydi. Jeyms Milner va Harvi Elliot safdan chiqishgan, ularning o‘rni yarim himoya chizig‘ida Aleks Oksleyd Chemberlen va Kurtis Jons bilan to‘ldiriladi. Sadio Mane o‘tgan hafta dam oldi, shuning uchun kelasi hafta «Atletiko»ga qarshi bahsdan oldin Firmino yoki Salah rotasiya qilinsa ham ajab emas.

Mehmonlar safida Stiven Alzate va Denni Uelbek jarohati bois maydonga tusha olishmaydi. Den Burn va Teylor Richards ham to‘liq tiklanib ulgurishmagan.

Raqamlar

«Liverpul» APLda 19 uchrashuvdan beri mag‘lubiyat nima ekanligini bilmay kelmoqda.

«Liverpul»ning oxirgi 6 o‘yinida o‘rtacha 2,5tadan ko‘proq gol kiritilgan (Premyer-Liga)

«Qizillar» Angliya chempionatidagi so‘nggi 6 uchrashuvidan beshtasida kamida 3 ta gol urishni uddalashgan.

«Brayton» APLdagi so‘nggi 3 safar o‘yinida qatnashgan bahslarida o‘rtacha 2,5 tadan kamroq gol urilgan.

Tomonlar ushbu musobaqada o‘zaro 8 marta to‘qnash kelishgan. 6 marta Mersisayd klubi g‘alaba qozongan bo‘lsa, 1 marta mehmonlar zafar quchishgan. 9 o‘yindan keyin 21 ochko to‘plagan Kopp shogirdlari ikkinchi, «Brayton» esa 15 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 09:53, 30.10.2021.
O'qildi: 3048 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.