Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Sulsher «MYU»dagi muammoni qanday hal qildi?

Sulsher «MYU»dagi muammoni qanday hal qildi?

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 11-turi doirasida "Manchester Yunayted" safarda "Tottenxem" klubi mehmoni bo‘lib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Qahramon Aslanov "qizil iblislar" nimaning evaziga g‘alaba qozonganini tahlil qildi.

Sulsher birgina qaror bilan "MYU" tarkibida muvozanatni tikladi va bir nechta muammoni yechdi.

Birinchidan, eng avvalo, himoyachilarning individual ravishda yaxshi sport formasida emasliklarini yopishga urinmoqda. Van Bisakkaning pozisiyani yo‘qotishi, Shouning hujumda qolib ketishi, aynan uchinchi himoyachi hisobiga yopilyapti. Aslida jamoa taktikasi himoyaviyga o‘tdi, deb bo‘lmaydi. Aksincha, hujumda Ronaldu-Kavani juftligi (umumiy yoshi — 71) tushishi "MYU" qarshi hujumda emas, pozision ustunlikda o‘ynamoqchi ekanini ko‘rsatadi. Agar maqsad qarshi hujum bo‘lganda, albatta, Kavani o‘rnida Reshford yoki Sancho bo‘lardi. Hatto qarshi hujum qilish imkoniyatlari yuzaga kelganda ham futbolchilar tempni pasaytirganini aytish mumkin.

Ikkinchidan, bild-ap, ya’ni himoyadan hujumga chiqishda +1 futbolchiga ega bo‘lindi. Matich yo‘qligida ayni muddao, chunki Fred-Maktominey-Lindelof-Maguayr to‘rtligining birortasi ham bosim ostida kuchli emas. Varanning qo‘shilishi esa, himoyadan oldinga chiqishda son jihatidan ustunlikni ta’minladi.

Uchinchidan, Fred-Maktominey juftligi nafaqat himoyalanish, balki hujumga qo‘shilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Fredning ko‘p marta yarimqanotdan yorib kirishga uringani, hatto bir vaziyatda ham Fred, ham Maktominey jarima maydoniga birga yorib kirishgani e’tiborga arzirli vaziyat.

Gol ham aslida uchinchi himoyachining mevasi. Aynan himoyadagi ishonch jamoaga ikkinchi tempda dadil o‘ynash imkonini beradi. Agar Maguayr atigi ikki himoyachidan biri bo‘lganida, bu qadar oldinga tashlanib, to‘pni egallab olmas va ikkinchi temp o‘rniga, ortga qarab yugurishga majbur bo‘lardi.

Shuningdek, Xarri Keyn liniyalar orasiga qaytib, to‘p qabul qilishini inobatga olsak, markaziy himoyachilardan biri bunday vaziyatlarda u bilan personal o‘ynashi mumkin.

Albatta, bu yechim uchun Varanning jarohatdan qaytishi zarur edimi yoki Bayi bilan ham o‘ynash mumkinmidi, bilmadim.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 09:51, 31.10.2021.
O'qildi: 17907 marta.
Fikrlar: 34 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик