Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

O‘zbekistonlik sportchi 2022 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlariga ilk yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchi 2022 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlariga ilk yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Tog‘ chang‘isi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Komiljon To‘xtayev 2022 yilda Xitoyning Pekin shahrida bo‘lib o‘tadigan XXII qishki Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston chang‘i federasiyasi ma’lum qildi.

Sportchimiz tog‘ chang‘isining Slalom va Gigant slalom yo‘nalishlarida o‘tkazilgan saralash bahslarida jamg‘arilgan ochkolariga ko‘ra qishki Olimpiya o‘yinlari normativini bajardi va 2022 yili Pekin mezbonligida o‘tadigan musobaqaga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlash kerak, To‘xtayevning Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritishida O‘zbekiston chang‘i federasiyasi tomonidan sportchining xalqaro musobaqalardagi ishtirokini saralash davridan boshlab strategik jihatdan to‘g‘ri rejalashtirilganligi hamda «Yangiobod» turistik bazasi tomonidan moliyaviy ko‘mak ko‘rsatilayotgani muhim ahamiyat kasb etdi.

Shuningdek, sportchilarimizning Yevropada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etishi va xalqaro musobaqalardagi ishtiroki Turizm va sport vazirligi tomonidan moliyalashtirildi. Terma jamoamiz a’zolarining o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari Italiya, Avstriya va Rossiya Federasiyasida tashkil etildi.

Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi qoidalariga ko‘ra, O‘zbekiston hozircha tog‘ chang‘i sporti bo‘yicha atigi 2ta yo‘llanmaga (bittadan erkak va ayol) da’vogarlik qilishi mumkin.

Saralash davri 2019 yil 1 iyuldan boshlangan bo‘lib, 2022 yil 16 yanvargacha davom etadi. Demak, hamyurtlarimizda 2022 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlariga yana bitta yo‘llanmani qo‘lga kiritish imkoniyati mavjud.

Kiritildi: 16:39, 01.11.2021.
O'qildi: 1786 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик