Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Belgrad-2021. Odiljon Aslonov shiddatli jangda AQSHlik bokschiga yutqazdi

Belgrad-2021. Odiljon Aslonov shiddatli jangda AQSHlik bokschiga yutqazdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Belgraddagi boks bo‘yicha jahon chempionatida nimchorak final bosqich janglari yakuniga yetdi. 80 kilo vazn toifasida Odiljon Aslonov chorak final yo‘llanmasi uchun AQSHdan tashrif buyurgan Robbi Gonsales qarshi ringga ko‘tarildi.

Raqib bo‘y va qo‘llarining uzunligi jihatdan ustunlikka ega bo‘lsa-da, ikkinchi raqam ostida ishlashadi. Hamyurtimiz esa ring markazini egallab, raqibiga bosim o‘tkazdi. Taym so‘ngida Aslonovning harakatlari samarali chiqdi va raqibini nokdaunga tushirdi. Natijada u bo‘limni o‘z foydasiga hal qildi. Hakamlarning 4 nafari o‘zbekistonlik bokschiga ustunlikni berdi.

Ikkinchi bo‘limda amerikalik o‘z uslubini o‘zgartirib, yaqin masofada ishlay boshladi. Bu taymda hakam har ikki sportchini bir martadan ogohlantirdi.

Uchinchi bo‘limda esa tomonlar ochiq jangga kirishishdi. Har ikkisi ham ko‘plab aniq zarbalar berishga muvaffaq bo‘ldi. Yakunda esa hakamlar g‘alabani Gonsalesga tortiq etishdi — 2:3 (27:28, 27:28, 28:27, 27:28, 28:27).

Shu tariqa, 7 nafar boksimiz chorak finalga qadar musobaqani tark etishdi. Olti nafar sportchimiz medallar uchun o‘z ishtirokini davom ettiradi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 05:17, 02.11.2021.
O'qildi: 1962 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.