Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/09 00:00 Alaves 2-1 Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem 0-3 Chelsi
21/09 17:00 Metallurg 3-2 Paxtakor
21/09 17:00 Valyadolid 0-0 Real Sosyedad
21/09 17:30 Liviya 0-8 Ispaniya
21/09 17:30 Qozog‘iston 10-0 Yangi Zelandiya
21/09 18:00 Venetsiya 2-0 Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa 3-1 Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem 3-1 Nyukasl
21/09 19:00 Lester 1-1 Everton
21/09 19:00 Tottenhem 3-1 Brentford
21/09 19:00 Liverpul 3-0 Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton 1-1 Ipsvich
21/09 19:15 Olimpik 0-3 Dinamo
21/09 19:15 Osasuna 2-1 Las-Palmas
21/09 20:00 Angola 5-9 Argentina
21/09 20:00 Ukraina 4-1 Afg‘oniston
21/09 21:00 Yuventus 0-0 Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas 0-0 Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya 2-0 Jirona
21/09 23:45 Lechche 2-2 Parma
22/09 00:00 Real Madrid 4-1 Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina 2-1 Lasio
22/09 17:00 Xetafe - Leganes
22/09 18:00 Brayton - Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa - Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao - Selta
22/09 20:30 Manchester Siti - Arsenal
22/09 21:00 Roma - Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal - Barselona
22/09 23:45 Inter - Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko
23/09 23:45 Atalanta - Komo
24/09 00:00 Betis - Malyorka

YECHL. «Chelsi» bugun joriy mavsum 3 o‘yinda 11 gol o‘tkazib yuborgan Shvetsiya klubiga qarshi o‘ynaydi

YECHL. «Chelsi» bugun joriy mavsum 3 o‘yinda 11 gol o‘tkazib yuborgan Shvetsiya klubiga qarshi o‘ynaydi

Baho:
+ | -

Chempionlar Ligasi guruh bosqich 4-turi doirasida Shvesiyaning «Malmyo» klubi o‘z maydonida Londonning «Chelsi» jamoasini qabul qiladi.

Mazkur to‘qnashvudan oldin qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Chempionlar Ligasining amaldagi chempioni joriy mavsum guruh bosqichida 2 uy g‘alabasini qayd etdi. Biri «Zenit»ga qarshi ilk turda (1:0), ikkinchisi esa oldingi turda «Malmyo» ustidan qozonilgan g‘alaba (4:0) hisoblanadi. Uchrashuvda Kristensen hisobni ochgan, Jorjinyo ikki marotaba penaltidan gol urgan hamda Kay Xaverts ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan edi. Jamoa 2-turda Turinda «Yuventus»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

«Malmyo» esa ortda qolgan 3 turda 11 gol o‘tkazib, birorta gol ura olmagan. Ilk turda «Yuventus»ga o‘z maydonida 0:3, ikkinchi turda esa mehmonda «Zenit»ga 0:4 hisobida mag‘lubiyat qayd etilgan.

Oldingi uchrashuvlar

Jamoalar bu mavsumga qadar ikki marotaba to‘qnash kelishgan. Ushbu to‘qnashuv Yevropa Ligasining 1/32 final bosqichida kuzatilgan. Ikkala uchrashuvda ham «Chelsi»ning qo‘li baland kelgan — 3:0, 2:1. E’tiborli tomoni, har ikki bahsda ham Ross Barkli hamda Olivee Jiru gol urishga erishgan, yana bir golga Hadson-Odoi mualliflik qilgan.

Jamoalarning holati

«Malmyo» o‘tgan yili Shvesiyaning 21 karra chempioni bo‘ldi. Bu ularning musobaqadagi oxirgi 8 yil ichida beshinchi sovrini hisoblanadi. Jamoa 2020 yilning 30 iyul kuni Shvesiya kubogi finalida «Goteborg» klubiga 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragan.

Bundan oldin «Malmyo» Yevropa Chempionlar Ligasida ikki mavsum (2014/15 va 2015/16) qatnashgan. Shvesiya klublari orasida 2015/16 yilgi mavsumdan beri hech bir klub YECHL guruh bosqichida qatnashmagan.

«Malmyo» o‘zi qatnashgan ikki YECHL guruh bosqichida ham so‘nggi o‘rinni egallagan va 12 uchrashuvda ikki marta g‘alaba qozongan («Olimpiakos» 2:0, 2014 yil va «Shaxtyor» 1:0, 2015 yil). Bu Shvesiya klubi gol kiritgan uch uchrashuvdan ikkitasi hisoblanadi.

«Malmyo» Angliya klublariga qarshi jami 88 marta to‘qnash kelgan. Eng mashhur uchrashuv, bu birinchi bahs 1978/79 yilgi mavsumda Myunxenda o‘tgan Yevropa kubogi final bahsida "Nottingem Forest"ga qarshi bo‘lgan 0:1 hisobida yutqazib qo‘ygan.

Shvesiya jamoasi o‘z maydonida Angliya klublariga qarshi 3 o‘yinda bitta g‘alabaga erishgan (1 durang, 1 mag‘lubiyat), 2:1.

«Chelsi» joriy mavsum barcha musobaqalarda 16 uchrashuvda 10 g‘alabaga erishdi (4 durang, 2 mag‘lubiyat). Jamoa 26 oktyabr kuni Angliya Liga kubogi doirasidagi «Sautgempton»ga qarshi uchrashuvga qadar ketma-ket 4 g‘alaba qayd etgandi. O‘sha o‘yinda «aristokratlar» penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi.

O‘tgan shanba kuni Ris Jeyms «Chelsi» klubida ilk marta dublga erishdi va «Nyukasl» ustidan qozonilgan g‘alabaga (3:0) katta hissa qo‘shdi. Himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda jami 7 golli vaziyatlarda qatnashdi (4 gol, 3 assist) va bu klubdagi istalgan futbolchining joriy mavsumdagi statistikasidan ko‘p.

Jorjinyo, Kante, Sezar Aspilikueta va Lukaku 29 noyabr kuni topshiriladigan "Oltin to‘p" uchun top-30 nomzodlar qatoridan joy olishgan.

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Feliks Brix (Gemaniya)

Qanot hakamlari: Mark Borsh, Stefan Lupp (Germaniya)

Zaxira hakami: Daniyel Shlyager (Germaniya)

VAR: Sasha Steggermann (Germaniya)

VAR yordamchisi: Delayo Uilli (Fransiya)

Taxminiy tarkiblar

«Malmyo»: Daylin; Larsson, Ahmedhodzich, Moisander; Berget, Innosent, Kristiansen, Rakip, Riyeks; Cholak, Birmanchevich

«Chelsi»: Mendi; Azpilikueta, Kristensen, Ryudiger; Jeyms, Kante, Jorjinyo, Chiluell; Ziyesh, Hadson-Odoi, Xaverts.

Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:45da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: uefa.com
Kiritildi: 11:58, 02.11.2021.
O'qildi: 2414 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.