Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Boks. JCHni oltin medalsiz yakunladik. Halokov kumush medalga sazovor bo‘ldi

Boks. JCHni oltin medalsiz yakunladik. Halokov kumush medalga sazovor bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Belgradda bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining finaliga yetib kelgan O‘zbekistonning yagona vakili o‘zining so‘nggi jangini o‘tkazdi. Yosh sportchimiz Abdumalik Halokov (60 kg.)mahoratli Sofian Umiya raqiblik qildi.

Halokov birinchi bo‘limda raqibni o‘z ritmiga moslashtirishga harakat qildi. Ammo Sofian biroz ustunlikka erishdi va taymni o‘z foydasiga hal qildi.

Hakamlarning baholari Abdumalikka ta’sir ko‘rsatdi shekilli, u o‘z uslubini to‘liq namoyish eta olmadi. Fransiyalik bokschi so‘nggi 2 raundda yanada yaxshiroq harakat qilib, JCHning oltin medalini sazovor bo‘ldi. Hakamlarning baholari — 0:5 (27:30, 27:30, 27:30, 27:30, 27:30).

Shu tariqa, Belgrad shahrida yakuniga yetib borayotgan jahon chempionatini terma jamoamiz 1 tadan kumush va bronza medallari bilan yakunladi. Kechagi yarim final bahslari yakunida Madiyar Saidrahimov -92 kg vazn toifasida bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:00, 05.11.2021.
O'qildi: 4206 marta.
Fikrlar: 27 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик