Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

APL. Antonio Konte bugun «Tottenxem» boshqaruvidagi ilk uchrashuvini o‘tkazadi (prevyu)

APL. Antonio Konte bugun «Tottenxem» boshqaruvidagi ilk uchrashuvini o‘tkazadi (prevyu)

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-Ligasi 11-turi doirasida «Everton» o‘z maydonida «Tottenxem»ni qabul qiladi.

Bilasizmi?

«Tottenxem» yangi bosh murabbiyi Antonio Konte «Chelsi»da ishlagan davrida Premyer-Liga doirasida «Everton»ga mag‘lub bo‘lmagan (3 g‘alaba, 1 durang) va uning jamoasi shu to‘rt uchrashuvda birorta gol o‘tkazib yubormagan.

«Everton» Premyer-Liga doirasida «shporlar»ni oxirgi 17 uchrashuvda faqat bir marta mag‘lub etishgan (8 durang, 8 mag‘lubiyat). O‘sha g‘alaba o‘tgan mavsum «Tottenxem» stadionida (1:0) qayd etilgandi.

Xarri Keyn «Tottenxem» tarkibida «Everton»ga qarshi 12 APL o‘yinida 11 gol urishga erishgan, shulardan besh martasida dubl qayd etgan. Faqatgina Alan Shirer «Lids»ga qarshi uchrashuvda bir raqib darvozasiga bir o‘yinda ko‘p gol urish bo‘yicha Keyndan oldinda bormoqda (oltita dubl, bitta xet-trik).

«Everton» 2021 yilda Premyer-Ligada 9 uy uchrashuvida mag‘lubiyatga uchradi. Faqatgina 1993 yilda ular Premyer-Liga doirasidagi uy o‘yinlarida 10 marta mag‘lub bo‘lishgan.

 

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Kris Kavanag

Qanot hakamlari: Den Kuk, Xarri Lennard

Zaxira hakami: Entoni Teylor

VAR: Jonanatan Moss

VAR yordamchisi: Mark Perri

 

Taxminiy tarkiblar

«Everton»: Pikford, Koulmen, Kin, Xolgeyt, Din, Allan, Delf, Taunsend, Ivobi, Grey, Risharlison

«Tottenxem»: Lyoris, Romero, Dayer, Deyvis, Skipp, Xoyberg, Royal, Regilyon, Moura, Keyn, Son.

 

Jamoa xabarlari

Luka Din ushbu haftada mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda va holati yaxshi. U bugungi bahsda qaytishi kerak. Rafa Benites shogirdlari: Kalvert-Lyuin, Gomesh, Dukure va Mina safga qaytishmaganini tasdiqladi. Fabian Delf ushbu bahsda asosiyda tushishi mumkin.

Antonio Konte Premyer-Ligada «Tottenxem» ustozi sifatida ilk o‘yinini o‘tkazadi va 3-4-3 sxemasida o‘yinni boshlashi kutilmoqda. Brayan Gill va Rayan Sessenyon jamoaga jarohati bois yordam bera olishmaydi. Kristian Romero payshanba kuni «Vitess»ga qarshi uchrashuvda qizil kartochka olgan bo‘lsada, mamlakat chempionatida maydonga tushishi mumkin.

 

Raqamlar

«Everton» barcha musobaqalarda «Tottenxem»ga qarshi oxirgi 3 uy o‘yinida durang natija qayd etgan.

«Tottenxem» barcha musobaqalarda «irischilar»ga qarshi oxirgi 18 o‘yinnning 17tasida mag‘lubiyatga uchramagan.

«Tottenxem»ning Premyer-Ligadagi oxirgi 7 uchrashuvidan oltitasida o‘rtacha 2,5tadan ko‘proq gol kiritilgan.

Tomonlar o‘zaro 58 marta APL doirasida uchrashishgan. «Tottenxem» 27 marta g‘alaba qozongan, «Everton» esa 9. 22 bahsda esa durang natija qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 11:42, 07.11.2021.
O'qildi: 4792 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик