«Barselona» bosh murabbiyi Xavi jamoaning sobiq hujumchisi Lionel Messi unga faoliyatida omad tilaganini aytdi.
"Leo Messi menga SMS jo‘natib, kelajakdagi ishlarimda omad tiladi.
Bu ajoyib futbolchi. Ammo u hozir jamoada emas. Biz «Barselona» shon-shuhratini ko‘tarib bergan futbolchilar haqida emas, balki kelajak haqida o‘ylashimiz kerak", - deya iqtibos keltiradi Xavidan Sport.es.