"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutinyo Ispaniya chempionatining 13-turidan o‘rin olgan "Selta"ga qarshi bahsda zahiradan maydonga tushishni rad qilgani haqidagi yangiliklarni yolg‘on deb atadi.
"Uyga qaytib, bu xabarni ko‘rib hayron bo‘ldim. Bularning barchasi yolg‘on. Hayotimda doim professionallik yetarli darajada bo‘lgan. Men doim o‘zim bilan birga ishlagan barchani hurmat qilganman va hurmat qilaman”, - dedi Koutinyo.
Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli Koutinyo joriy mavsumda klub safida 11ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 gol urdi. Futbolchi bundan oldin tizzasini ketma-ket 3 marta operasiya qildirgan va taxminan 9 oyni jarohatda o‘tkazib yuborgan edi.