Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Umida Zoirova: «Biz «Bunyodkor» jamoasi va O‘zbekiston sha’ni uchun o‘ynayapmiz»

Umida Zoirova: «Biz «Bunyodkor» jamoasi va O‘zbekiston sha’ni uchun o‘ynayapmiz»

Baho:
+ | -

Ayollar jamoalari o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida ishtirok etayotgan “Bunyodkor-W” bugun Iordaniyaning "Amman-W" jamoasiga qarshi bahs olib bordi va g‘alabaga erishdi. Uchrashuvdagi yagona golni jamoamiz hujumchisi Dildora Nizomova 90+1 daqiqada kiritdi.

Uchrashuvdan so‘ng o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Umida Zoirova matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— G‘alaba bilan tabriklaymiz. O‘yin haqidagi fikrlaringiz.
— Tabrik uchun rahmat. Birinchi o‘yinda xalqaro darajadagi dastlabki o‘yinimiz bo‘lganligi sababli ko‘proq hayajonlandik va yakunda alamli mag‘lub bo‘ldik. Bugungi o‘yinda esa xatolarimiz ustida ishladik, dastlabki mag‘lubiyatni unutgan holda, qiyin o‘yin bo‘lishiga qaramasdan g‘alaba qozondik.

— Birinchi bo‘limda yaxshi futbol namoyish etdingiz, lekin ikkinchi bo‘limda qiziqqonlik bilan o‘ynadingizlar. Murabbiy tanaffusda nimalar dedi?
— Murabbiy bunday ko‘rsatma bermadi. Shunchaki, birinchi bo‘limda ko‘plab vaziyatlardan foydalana olmadik, shu holat bizni asabiylashtirgan bo‘lishi mumkin va ikkinchi bo‘limda qanday qilib bo‘lmasin yutishimiz shartligini his qilib o‘ynadik va yakunda g‘alaba qozondik.

— Muxlislarga tilaklaringiz...
— Bizni qo‘llab-quvvatlab turgan klubimiz prezidenti va rahbariyatimizga, bizga muxlislik qilib dalda berayotgan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Biz nafaqat  “Bunyodkor” jamoasi uchun, shu bilan birga O‘zbekiston sha’ni uchun o‘ynayaapmiz. Shu sababdan barcha O‘zbekiston ahlini bugungi g‘alaba bilan tabriklayman.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 07:32, 11.11.2021.
O'qildi: 1949 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.